"Kitobxon talaba" tanlov nizomi

"Kitobxon talaba" tanlov nizomi


Buxoro davlat universiteti talabalarning qishki ta’til vaqtida bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan

“KITOBXON TALABA” onlayn tanlovining

 NIZOMI

I.Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom talabalarining qishki ta’til vaqtini samarali va mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan.“Kitobxon talaba” onlayn tanlovni (keyingi o’rinlarda – “Tanlov”, deb yuritiladi) o’tkazish tartibini belgilaydi.

2. Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 6-yanvardagi “Ta’lim muassasalarida 2021/2022-o’quv yilining ikkinchi yarmini yangicha tartibda boshlash uchun to’liq va puxta tayyorgarlik ko’rish hamda qishki ta’til davrini mazmunli o’tkazish to’g’risida”gi 2-son buyrug’ida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan.

3. Tanlov “Kitobxon talaba”nomi  ostida ikki bosqichda o‘tkaziladi.

4. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

II.Tanlovning maqsadi va vazifalari

1. Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari – Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri-inson qadrini ulug‘lash, Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ulari va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish kabi tushunchalarni talabalar ongiga singdirish.

2. Shuningdek, talaba-yoshlar o`rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini targ`ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog`lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste`dodli yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashdan iborat.

III. Tanlovni tashkil etish, o’tkazish va tanlov shartlari

1.“Kitobxon talaba” onlayn tanlovida barcha bakalavr va magistr talabalar ishtirok etishi mumkin.

2. Tanlovda ishtirok etishni xoxlovchilar https://t.me/kitobxontalababuxdu telegram manzili orqali ro`yxatdan o`tishlari lozim.

       3. Tanlov ikki bosqichda o’tkaziladi:

3.1. 1-bosqichda tanlov nizomiga ilova qilingan badiiy asarlar, shuningdek, ijodkorlarning hayoti va ijodi, faoliyati yuzasidan tanlov ishtirokchilari o‘rtasida test sinovi(50 ta savoldan iborat) o‘tkaziladi. Tanlov vaqti- 17.01.2022 yil sanasi  soat  13:00 dan 14:00 gacha

3.2.“Annotatsiya mahorati” - bunda, ishtirokchilar tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha annotatsiya taqdim etiladi. Tanlov sanasi 20.01.2022 yil kuni

4. Annotatsiyalar  quyidagi tartibda rasmiylashtirilishi lozim:

4.1. Annotatsiyalar Word dasturida Times New Roman shriftida

14 o’lchamda, 1 interval oralig’ida, yuqori, o’ng, chap va pastdan

2 sm hoshiya bo’lishi kerak.

Annotatsiya mavzusi qatiy ro`yxatda ko`rsatilgan asarlar mavzusida bo’lishi va mavzudan keyin talabaning fakulteti, ta’lim yo’nalishi, ta’lim bosqichi, to’liq ism, familiya, sharifi va telefon raqami keltirilgan bo’lishi shart.

        5. Texnik shartlarga javob bermaydigan annotatsiyalar qabul qilinmaydi.

 6. Ko‘rik-tanlovni adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida Hakamlar hay’ati tashkil etiladi.

 7. Tanlov g‘oliblari ta’til tugashi bilan an’anaviy tarzda rag‘batlantiriladi.

 8. Tanlov g‘oliblari hakamlar tomonidan aniqlanadi va 24-yanvarga qadar Buxdu.uz rasmiy sayti va rasmiy kanalda e’lon qilinadi.

 9. Ko’rik-tanlovning yakuniy natijalari Hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi.

IV.Tanlov shartlari va baholash mezonlari

1. Tanlovga natijalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

2. Tanlovning o`tkazilish tartibiga muvofiq “Eng bilimdon kitobxon” sharti (test) natijasi bo`yicha tanlov ishtirokchilarining to`plagan bali(to`g`ri javoblar soniga qarab 1ta savolga 1 ball – jami 50 ball)inobatga olinadi.

3. “Annotatsiya mahorati”shartida Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning “Asarga tayyorlagan annotatsiya”sini baholashda ularning belgilagan asarni o`qiganligini tekshiradi hamda mohiyatni to`g`ri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyatiga qarab 50 ballik tizimda quyidagi tartibda baholaydi.

3.1. Annotatsiya yozishdagi savodxonligi-10ball;

3.2. Tavsiya etilgan adabiyotning annotatsiyasini yozishda asarning yetakchi g`oyasi va mazmunining to`liq qamrab olganligi-10ball;

3.3. Kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi -10ball;

3.4. Annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlarning real hayot bilan bog`liq ibratli tomonlari ochib berilganligi-10ball;

3.5. Adabiyotda berilgan umuminsoniy g`oyalar va milliy koloritga munosabat bildirilganligi-10ball.

4. Yakuniy baho – talovning ikki sharti natijalari bo`yicha ishtirokchilarning to`plagan ballarini qo`shish (50+50=100 ball) natijasi asosida aniqlanadi.

 

V.Tanlovg‘oliblarinitaqdirlash

1.Tanlovda yuqori (1,2,3) o‘rinlarni egallagan talabalar universitet rahbariyati tomonidan Diplom va quyidagi tartibda moddiy rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin – Bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari miqdorida (bittao`rin);

2-o‘rin – Bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari miqdorida (bittao`rin);

3-o‘rin – Bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida (bitta o`rin).

 

Rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar universitetning byudjetdan tashqari mablag‘ri hisobidan amalga oshiriladi.

 

 2. Tanlovda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Yuqori (1,2,3) o‘rinlarni egallagan talabalar universitet rasmiy sayti va rasmiy telegram kanalida yoritiladi.

VI. Yakuniy qoidalar

 

       1. Tanlovni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar nizomda belgilangan tartibda hal etiladi.

       2. Tanlov natijalari BuxDU sayti vatelegram kanalida e’lon qilinadi.


Report Page