“Kitobxon onalar kuni”da yangi kitoblar taqdimoti

“Kitobxon onalar kuni”da yangi kitoblar taqdimoti

https://t.me/natlibuz

2023 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” bo‘lib o‘tdi. Onlayn va oflayn shaklda tashkil etilgan mazkur tadbirda “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, yetuk olimalar, Mirobod va Bektemir tumanlari mahallalari faol ayollari hamda Respublika axborot-kutubxona muassasalari mutahassislari va foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva davrani ochiq deb e'lon qilar ekan, yana bir oyning 17-sanasida barchani ko‘rib turganidan mamnunligini izhor etdi, davra suhbati ishtirokchilarini tanishtirdi. “Bugungi tadbirimizning Navro‘zi ayyom arafasida o‘tayotgani unga o‘zgacha shukux bag‘ishlamoqda. Zero yurtimizda kezayotgan yangilanish, yasharish fasli insonlarni ezgulikka, go‘zallikka, mutolaaga undaydi”, - dedi u va davra yangi qo‘shilganlarga tadbirning mazmun va mohiyatini bayon etdi.

Tadbirda Z.Baxriddinova, O.Musurmonova va R.Turdiboevalar muallifligidagi nashr etilgan «Oqila ayollar-farovon oila tayanchi» uslubiy qo‘llanmasi, kitobxon ayollar tomonidan turli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Oqila ayollar” harakati yetakchisi, olima, fan doktori, professor Oynisa Musurmonova “Oqila ayollar – farovon oila tayanchi” uslubiy qo‘llanmasini yozishga sabab bo‘lgan omillar, unda tilga olingan, Prezidentimizning oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi g‘oyalari, oilaviy munosabatlar, farzandlarning burchi va mas'uliyati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayol-qizlarning manfaatlarini ta'minlash, bandlik, gender masalalari bilan birga zo‘ravonlik, oiladagi ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalarini keng aks ettirgani haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, tadbir doirasida turli viloyatlardan kitobxon ayollar ZOOM platformasi orqali o‘zlariga manzur bo‘lgan asarlar taqdimoti bilan ishtirok etdilar.


Report Page