Kitobxon onalar kuni

Kitobxon onalar kuni

https://t.me/natlibuz

2023-yil 17-fevral kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashabbusi bilan O’zbekiston Milliy kutubxonasida har oyni 17-sanasida an'anaviy tashkillashtirilib kelinayotgan navbatdagi  “Kitobxon onalar kuni” tadbiri o'tkazildi.

 Tadbirni O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva ochib berdi. “Biz bu tadbirni har oyning 17-sanasida o’tkazish uchun kutubxona jamoasi jiddiy tayyorgarlik ko’ramiz va yana shuni alohida takidlab o’tish joizki, kundan kunga kitobxon onalarimiz, mutolasevar ayollarimiz safi kengaymoqda, bu esa bizni juda ham sevintiradi”-deydi U.Teshabayeva.


 Tadbirda  Oynisa Musurmonova, “Farzandlarimga nasihatlar”; Guljahon Mardonova “O‘zbek milliy o‘yinlari”; Jannat Ismoilova O‘zbekiston Davlat tarix Muzeyi direktori “Zamonaviy muzeyshunoslik tendensiyalari”; Yunusobod tumanidan Mirrajabov Muzaffar “Sham va shamshir” kitobi; Sergeli tumanidan Saidova Barno Narzulayevna “Ayollar timsoli: kecha va bugun”; Olmazor tumanidan Begmatova Zebo Mengliboy qizi, Zulfiya ijodidan “Ko‘zlaringda bormi yulduzing” kitobi; Olmazor tumanidan Nazarova Iroda Xayrullo qizi “Xotira siniqlari” kitobi; Sharifa Salimova O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi,O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, shoira, o’zining 5 jildlik to'plamini; Shayhontohur tumanidan Nazarmuhammedova Barnoxon Chingiz Aytmatovning kitobi; Shayhantohur tumanidan Tohirova Sevara Hikmatulla qizi  Andrey Platonovning “Yushka” nomli kitobi; Yangi hayot tumanidan Mo‘minova Zulfiya Mardonovna “Bolaga kitob bering” She'rlar va esselar to‘plami; Akademiya tinglovchisi Dadajanova Nafosat , O‘tkir Hoshimovning  “O‘zbegim” asari; Akademiya tinglovchisi Ma'murova Shahlo, Sharof Boshbekov “Charxpalak” asari; Akademiya tinglovchisi Mahmudova Hayotxon, Sirojiddin Sayid “Onamning kulchalari”asari; Uchtepa tumanidan Turajonova Shohida “ Fozil odamlar shaxri” kitobi; Uchtepa tumanidan Nabiyeva Ma’pura “ Saodatga elituvchi bilim” kitoblarini taqdimot qilib berishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari Matluba Mirxodjayeva “Bobur va Boburnoma” haqida slayd hamda Izzat Sultonning  “Navoiy” darammasidan jonli ijroda parcha “Guli va enaga” monologini mehmonlar e’tiboriga havola etdi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ'ib etish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini oshirishga xizmat qilishdir.

Respublika bo'yicha 200 ga yaqin kitoblar taqdimoti onlayn va offlayn formatda o'tkazildi.



Report Page