Kitobxon ona-kitobxon bola

Kitobxon ona-kitobxon bola


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yangi O‘zbekiston – ma‘rifatli jamiyat” shiori bilan “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzuidagi davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida ishtirok etgan universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi J.Sayfudinova “Kitob – ma’naviyat xazinasi” mavzusida so‘z yuritib, kitob insonning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘’tabar va muqaddas deb hisoblanishini ta’kidlab, kishining madaniyati uning o‘qigan kitobida aks etishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, kafedra assistenti, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S.Kazakova hamda talabalar M. Saidqosimova, K. Xo‘jayeva, M.Xurshidova, D. Ro‘ziqulovalar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblari haqida tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi.

Loyihaning maqsadi Onalar tomonidan kitobxonlik an'analarini tiklash orqali bolaning bolalikdan kitobxonlik huquqini ta'minlash, jamiyatda kitobxon onaning ijobiy imidjini shakllantirish.

Kutubxonani yosh onalar uchun universal kitobxonlik ta'limi tizimiga kiritishni kuchaytirish va ota-onalarning bolalar o'qishi masalalarida vakolatlarini oshirish.

Kitob va kitobxonlik orqali oilada bolalarni tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish, Loyihani amalga oshirishda onalarni ham jalb etishning turli shakllaridan foydalanishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, kitob bizga hayotni o'rgatadi, har birimizni dunyo sir-sinoatlari va ma'rifatidan bahramand etadi. Ulug' alloma ajdodimiz Shayx Najmiddin Kubro ta'kidlaganidek: “Kitob — sahroda do'st, hayot yo'llarida tayanch, yolg'izlik damlarida yo'ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg'uli damlarda madadkor, odamlar orasida zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.



Axborot xizmati

Report Page