"Kitobxon ona - kitobxon bola".

"Kitobxon ona - kitobxon bola".


"Kitob mutolaasiga havas  avvalo, oiladan boshlanishi , ota-onalar farzandlariga  kitob o'qishga mehr uyg'otishi uchun o'zlari kitobxon bo'lishi  lozim".

Sh.Mirziyoyev.                                      

Kitobxonlik madaniyatini  oshirish  xotin - qizlar orasida kitob mutolaasi  va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida  Zomin tuman  axborot-kutubxona markazi xodimlari  2024 yil 21 iyun kuni  “O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan “Kitobxon onalar” tadbiri doirasida  “Kitobxon ona - kitobxon bola” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida "Qo'rg'on" MFYda istiqomat qilayotgan Gulzamon opa yosh onalarga oilada ayol o'rni qanchalik muhim va oilaviy qadriyatlar-oliy ne’mat ekanligi haqida malumotlar berib o'tdi. Jamiyatning maʼnaviy hayotida ayollarni o'rni beqiyosdir , chunki farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan oilalardagi muhit oʻzgachadir. Xalqimizda bir naql bor "Quch uyasida ko'rganini qiladi" demak shunday ekan farzandlarimizga qadriyatlarimizni qadrlashga o'rnak bo'lishimiz kerakligi to’g’risida so’z yuritildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.




Report Page