"Kitobxon Ummat" tanlovining nizomi

"Kitobxon Ummat" tanlovining nizomi

Tashkilotchilar: "Mufid.uz | Расмий канал" ; "Muhammad Qodir" telegram kanallari

"Kitobxon Ummat" onlayn tanlovida ishtirok etish shartlari:


I. Foydalanuvchi telegram ijtimoiy tamog'idagi Kitobxon Ummat | Tanlov botida ro'yxatdan o'tishi kerak. Buning uchun ishtirokchi "Muhammad Qodir" va "Mufid.uz | Расмий канал" telegram kanallariga obuna bo'lishi va tashkilotchilar foydalanuvchi bilan bog'lanishi uchun telefon raqamini taqdim etishi lozim.


II. Foydalanuvchi botda ro'yxatdan o'tgach tanlovda qatnashish huquqini qo'lga kiritishi uchun botga 3 ta do'stini taklif qilishi kerak, buning uchun ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchiga shaxsiy havola taqdim etiladi.


III. Foydalanuvchi yuqoridagi amallarni bajarganidan so'ng tanlov ishtirokchisiga aylanadi. Bundan keyingi o'rinlarda ishtirokchi deb yuritiladi.


Tanlovda qanday g'olib bo'laman?


I. Tanlovda test savollariga eng ko'p to'g'ri javobni topish orqali g'olib bo'lish mumkin. Bunda eng ko'p to'g'ri javobni topgan 20 nafar ishtirokchi taqdirlanadilar, agar g'oliblarda to'g'ri javoblar soni teng bo'lib qolsa, test yechish vaqti inobatga olinadi.


II. Tanlovga eng ko'p do'stini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchi ham taqdirlanadilar. Bunda har bir taklif qilingan ishtirokchilar bot tomonidan sanab boriladi va bu haqida ishtirokchiga botning o'zida habar beriladi.


Ishtirokchiga taqdim etiladigan tajriba testi:


I. Ishtirokchi tanlovning test muddati kelguniga qadar tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan tajriba testni yechish orqali tanlovda ishtirok etish malakasini hosil qilishi mumkin. Bu imkoniyat ishtirokchiga faqat bir marotaba beriladi va bu testni yechish mutlaqo ixtiyoriy, ya'ni tanlov natijalariga ta'sir qilmaydi.


II. Tajriba test savollarining qiyinlik darajasi asl tanlov test savollarining qiyinlik darajasidan farq qiladi, tajriba testi faqat test yechish malakasini hosil qilish uchungina ishtirokchiga taqdim etiladi.


Ishtirokchining majburiyatlari qanday?


I. Ishtirokchi tanlov boshlanguniga qadar yuqoridagi kanallarda obunachi ekanligi saqlab turishi lozim. Ishtirokchi kanallardan birini yoki ikkisini ham tark etgan holatda g'olib bo'ladigan bo'lsa, g'oliblar qatoridan chetlatiladi va o'rnini keyingi ishtirokchi egallaydi.


II. Ishtirokchilar taklif qilgan 3 tadan shaxslar ham kanallarda o'z obunasini saqlab turishi lozim, obunani saqlab turmaslik taklif qiluvchining tanlovda qatnashish huquqidan mahrum qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun duch kelgan foydalanuvchini emas, kitob o'qishga qiziqqon foydalanuvchilarni taklif qilish maslahat beriladi.


III. Ishtirokchi tanlovda faqat bitta profildan qatnashishi mumkin, agar bittadan ko'p profildan ishtirok etgani tashkilotchilarga ayon bo'lsa tanlovdan chetlatiladi.


IV. Ishtirokchilar g'olib bo'lgan taqdirda ular haqiqiy ism-familiyalarini aytishlari kerak bo'ladi, bu ma'lumot faqat tanlovdan keyin g'oliblar ro'yxatini namoyish qilishda kerak bo'ladi.


Tashkilotchilarning majburiyatlari qanday?


I.Tanlovni adolatli tarzda o'tkazish va g'olib bo'lgan ishtirokchilarga sovrinlarni yashash manzillariga (bu pochta hizmatiga bog'liq) yetkazib berish.


Tashkilotchilarning huquqlari qanday?


I. Tashkilotchilar, ishirokchi o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki buzgan (aldov, turli hakerlik hujumlari) holda, ularni tanlovdan chetlatish va agar g'olib bo'lgan taqdirda sovrindorlar qatoridan chetlatish huquqiga ega.


II. Bundan tashqari yuqorida sanab o'tilmagan boshqa g'irrom yo'llar bilan g'olib bo'lishga harakat qilgan ishtirokchilarni ham chetlatish huquqiga egalar.


II. Tanlov davomida nizomda nazarda tutilmagan fors-major holatlari kuzatilsa, tanlov tashkilotchilari qarorlarni o'zgartirish huquqiga ega boʻladilar.


Tanlov qachon o'tkaziladi?


I. Tanlovning o'tkazilish vaqti 12-oktyabr soat 21:00. Ishtirokchilar shu vaqtdan boshlab 10 daqiqa ichida test yechishni boshlashlari va 21:50 ga qadar tugallashlari kerak. Dastlabki 10 daqiqada boshlay olmagan ishtirokchilar sinovlarda ishtirok eta olishmaydi. Albatta bu tanlovning adolatli o'tkazilishiga hizmat qiladi deb umid qilamiz.


II. Tanlovda ishtirokchilar 12-oktyabr soat 21:50 ga qadar do'stlarini taklif qilishlari mumkin. Undan keyin yig'ilgan referallar ishtirokchilarning g'olib bo'lishiga hizmat qilmaydi.


G'olib bo'lsam qaysi kitoblarni yutib olishim mumkin?


1. «Qur’oni Karim – Mus'hafi sharif» (Dorus Salom)

2. «Xatmi Qur’onga marhabo» Hasanxon Yahyo Abdulmajid

3. «Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

4. «Shamol ortidan yugurib» Xolid Husayniy 

5. «Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar» Mirach Chag‘ri Oqtosh

6. «Bahorning o‘n yetti lahzasi» Yulian Semyonov 

7. «Mo‘minning me’roji» - mufassal namoz kitobi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

8. «Mo‘minning najoti - mufassal zakot kitobi» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

9. «Ishqparast» (lotin, krill) Adem O‘zbay

10. «Amallar niyatga bog‘liqdir» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

11. «Tartil» (Qur’on o‘qish qoidalari) Jahongir Ne’matov

12. «Bizga sajda yarashadi» Ahmad Gunbay Yildiz

13. «Duo olgan kelinchak» Erkin Malik

14. «Sajdada orom bor» (kirill-lotin) Erkin Malik

15. «Nabiramga maktublar» (kirill va lotin) Erkin Malik

16. «Shaytonvachchaning nayranglari» (1-kitob) Erkin Malik

17. «Shaytonvachchaning nayranglari» (2-kitob) Erkin Malik

18. «Shaytonvachchaning nayranglari» (3-kitob) Erkin Malik

19. «Shaytonvachchaning nayranglari» (4-kitob) Erkin Malik

20. «Yuz yil sarson sargardonlikda» Erkin Malik

21. «Boshimning toji» Xadicha Kubro Tongar

22. «Musulmon tadbirkor» Umar Souyel

23. «Kelajak dushmanlari» Ali Fuad Bashgil

24. «E’tiqodga e’tibor» Ashraf Ali Tahonaviy

25. «Alvido, Vatan!» A’zam Hoshimiy

26. «Kafansiz ko‘milganlar» Shukrullo Yusupov

27. «Yolg‘on» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

28. «Tirilish nasli» Sezai Karakach

29. «Peshonamdagi nur» Mahmud Olaqosh

30. «Bozor va unga bog‘liq masalalar» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

31. «Osonlashtirilgan tajvid qoidalari» Shayx Yahyo Gʻavsoniy

32. «Ota bo‘lish osonmi» Bahodir Rahmatilloh

33. «Mazhablar – birlik ramzi» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

34. «Go‘zal o‘rnak» Odinaxon Muhammad Sodiq 

35. «Ota» Ulug‘bek Hamdam

36. «Sodda tartil» Jahongir Ne’matov

37. «Hidoyat imomi» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

38. «Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) codiq Muhammad Sodiq» Ahmad Muhammad Tursun

39. «Faqih imomlar ixtilofida hadisi sharifning o‘rni» Shayx Muhammad Avvoma

40. «Fiqhul muyassar» Shafiqur Rohman Nadaviy

41. «Egasiz joynamoz» Suat O‘zge

42. «Yengil amallar» Muhammad Taqiy Usmoniy

43. «Seni jannatda kutaman» Umida Azizova tarjimasi

44. «Ochiq xat» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

45. «Islomda bid’at tushunchasi» Salohiddin ibn Ahmad Idlibiy

46. «Din nasihatdir. Behuda ishlarni tark qilish kishi islomining husnidandir» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

47. «Mavlidi Barzanjiy» Imom Ja’far Barzanjiy

48. «Tavakkul» Yusuf Qarazoviy

49. «Mo‘minlarning onalari haqida savol-javoblar» Gʻiyosiddin Yusuf

50. «Til ofatlari» Abu Homid Gʻazzoliy

51. «Rasulullohda go‘zal o‘rnak bor» Salohiddin Abdug‘affor o‘g‘li

52. «Ilohiy ishq» Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy

53. «Tasavvuf haqida tasavvur» Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

54. «Biz iymon keltirgan Islomning tartib va ko‘rinishlari» Doktor Yusuf Qarazoviy

55. «Sohilsiz dengiz» Ahmad Muhammad Tursun


Yuqoridagi kitoblardan aynan qaysilarini va nechtasini yutib olishim mumkin?


I. Bunda ixtiyor g'olibning o'ziga beriladi, ya'ni sovrindor ro'yxatda keltirilgan kitoblardan g'olib bo'lgan kategoriyasi bo'yicha bitta kitobni tanlab olishi mumkin. Ya'ni ishtirokchi kategoriyalarning faqat birida g'olib bo'lsa, bitta kitobni tanlab olishi mumkin, agar bir ishtirokchi ham savollarga javob berib, ham do'stlarini taklif qilib g'olib bo'lsa, ikkita kitobni tanlab olishi mumkin. Faqat bosh «Qur’oni Karim – Mus'hafi sharif» (Dorus Salom) sovrini har bir kategoriya bo'yicha 1-o'rinni egallagan 2 nafar ishitokchiga qo'shimcha sovrin sifatida belgilanadi.


Report Page