"Kitob – nur, kutubxona – ziyo maskani"

"Kitob – nur, kutubxona – ziyo maskani"

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi

Shu kunlarda yurtimiz boʼylab “Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boʼlib oʼtmoqda. Haftalik doirasida kitobxonlik kechalari, yozuvchi-shoirlar bilan uchrashuvlar, adabiy muloqotlar oʼtkazilmoqda, kutubxonalar faoliyati, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar oʼrganilmoqda.

Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o’zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”.

 Davlatimiz rahbarining ana shu fikrlarining tasdig’i sifatida mamlakatimizda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni takomillashtirish, rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish ishlari izchil yuksalmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida so’ngggi besh yilda sohada salmoqli natijalarga erishilganini ta’kidlash lozim.

Xususan, Surxandaryo viloyatida ham bugungi kunda kutubxonalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga muhim eʼtibor qaratilmoqda.  

Joriy yilning 26-aprel kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida "Mening kutubxonaga hissam" nomli aksiya va adabiy kecha bo'lib o'tdi. Kechani Muzrabot tuman hokimi Ismailov Abdurashid Xudayarovich ochib berdilar.

"Yoshlarimizning kitob mutolaasi orqali nafaqat bilim olib, dunyoqarashini munosib shakllantirishi, ayni chog’da, intellektual salohiyatini ham oshirib borishi Yangi O’zbekiston taraqqiyotida, hech shubhasiz, o’z o’rni va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi"-dedilar o'z nutqlarida.  

Shundan so'ng tadbir mexmoni Surxondaryo viloyati AOKB boshlig'i Zahriddin To'rayev va Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Maruf Abdushukurov so'zga chiqdilar.


Tadbir kitobsevar o'quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan she'r kuy,qo'shiq,raqslar,sahna ko'rinishlari bilan ko'tarinki ruh oldi.


Tadbir so'ngida kutubxona sohasiga o'z xissasini qo'shgan bir qator Axborot-kutubxona markazi rahbarlariga Muzrabot tuman hokimligi va Surxondaryo viloyati AOKB tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari taqdim etildi.


                        

Report Page