Kitobsevar millat shoiri ostida o'tkazilgan II Respublika "Kitobxonlik haftaligi" yakunlandi.

Kitobsevar millat shoiri ostida o'tkazilgan II Respublika "Kitobxonlik haftaligi" yakunlandi.

Buxoro Ma'naviyat sarchashmasi

 O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  Buxoro akademik litseyida 2022 yil 18-23 aprel kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘tkazilayotgan II - respublika “Kitobxonlik xaftaligi” ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga “Kitobxonlik xaftaligi” respublika miqyosidagi tadbirni tashkillashtirishda amaliy yordam bergan tashkilot va muassasalar vakillari hamda tadbirlarda faol ishtirok etgan kitobsevar yoshlar tashrif buyurishdi.

Tadbirni viloyat axborot-kutubxona markazi direktori N.Aminova ochib berdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi rahbari A.Hakimov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi direktori, podpolkovnik I.Hamroyevlar so‘zga chiqib, barchani “Kitobxonlik xaftaligi” Respublika miqyosidagi tadbirning tantanali yopilish marosimi bilan tabriklab, yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, ular ongiga ezgu tuyg‘ularni shakllantirish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosligi, hozirgi axborot texnologiyalar davrida, hech qanday internet, turli elektron vositalar jonli kitob orqali hayot va borliq bilan muloqotda bo‘lish o‘rnini bosa olmasligi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Shuningdek “Barkamol avlod” Buxoro shahar bolalar maktabi o‘quvchilari tomonidan yangragan sho‘x kuy-qo‘shiqlarga mos raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Buxoro shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19, 29, 30 - umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan kitobsevar yoshlar ishtirokida mushoira davrasi va musiqali chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tadbir so‘ngida II - respublika Kitobxonlik xaftaligi” ni tashkillashtirishda amaliy yordam bergan tashkilot va muassasalar vakillariga , tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalar, o‘quvchilarga AKM ma’muriyati tomonidan Tashakkurnomalar, Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alarni topshirdi. 



Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Buxoro shahar bo'linmasi







Report Page