“Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" boshlandi.

“Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" boshlandi.

Buxoro Ma'naviyat Sarchashmasi
Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda.
Shavkat Mirziyoyev

22-26 aprel kunlari bo'lib o'tadigan IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ga start berildi.

2024 yil 22-aprel kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi “IV Respublika Kitobxonlik haftaligi”ning  tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Haftalik doirasida kitobxonlar uchun 17 ta tadbirlar, adabiy-musiqali kechalar, davra suhbatlari, tanlovlar, kitob taqdimotlari, “Libmob” aksiyalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir musiqa sadolari ostida boshlandi. Unda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo'linmasi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi,  Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar kengashi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, “Ibn Sino vorislari” va “She'riyat gulshani” kitobxonlar klubi a'zolari, kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo’linmasi rahbari Aziz Hakimov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi mutaxassisi, shoir Suxrob Hamroyevlar so‘zga chiqdilar va tadbir ishtirokchilarini “Kitobxonlik haftaligi” bayrami bilan tabrikladilar.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Buxoro viloyat Buxoro shahar bo'linmasi


Report Page