Kitoblarni yozib borish va Notion dasturi

Kitoblarni yozib borish va Notion dasturi

Azizbek Zubaydullayev

🔺Yaxshi kutunxonachi

🔹 Kutubxonadagi barcha kitoblarni oʻqigan boʻladi

🔹Qaysi kimning yoshiga mosligini,

🔹Qaysini oʻqish shart va shart emasligini,

🔹 Kitoblarning ketma ketligini biladi

🔹 Kitoblarni tartib bilan, "rasta" larga ajratgan

🔹 oʻquvchining hozirgi holati uchun aynan qaysi kitob zarur ekanini biladi


🔺1. Nega yozish kerak?

Yozib boring

Taxminan may oyi oxirlarida Notion ishlata boshladim. Aziz Rahimov postlarida Notion haqida yozaverib, meni ham axiyri bu dasturni ishlatishga ruhlantirgan edi.

Aytishim kerakki, oʻshandan keyin bilim olish smaradorligim juda katta oshdi. Chunki, vanihoyat barcha bilimlarimni, miyamdagi barcha narsani bir yerga yigʻishga va oʻrganish jarayonimni nazorat qilib borishga musharraf boʻlgan edim.

Oʻrganish jarayonimni nazorat qilib borishim, uning tezligini juda katta oshirishimga yordam berdi

Men, doim kitob oʻqiydigan yo eshitadigan, lekin ularni yozib bormaydigan kishini koʻrar ekanman, ularga ushbu gaplarni aytgim keladi - ularni albatta yozib boring, boʻlmasa shuncha ketgan vaqtingiz juda kam samara beradi, va oxir oqibat - kitobni unutasiz

Yozib borishning kitobni yaxshiroq tushunishda va eslab qolishda qanday foydasi bor?

Birinchidan, aqlning yaratilish tabiatiga nazar solsangiz, uning xususiyatlaridan biri bu - egallaganini saqlashdir (Hifz). Chunki u qancha koʻp foydali bilimni oʻzida saqlasa, shuncha koʻp kuchga ega boʻladi.

Siz esa, hech qachon oʻchib ketmaydigan online daftarga yozish orqali, foydali bilimlar omboringizni kuchliroq muxofaza qilasiz. "Bu bilimlarni hech qachon yoʻqotmayman" degan ishonchingizning oʻzi, koʻproq bilim olishga boʻlgan ishtiyoqingizni oshirib yuboradi. Va siz "ochkoʻzlarcha" bilimni yigʻish va koʻpaytirishga qiziqib qolasiz!

Notion, Evernote, Onenote kabi dasturlarning qulayligi shunda - telefon yoʻqolsa ham, dastur oʻchsa ham, internetda saqlanib qolaveradi. Emailiz bilan qayta kirib, davom etaverasiz. Va ularga istalgancha yozish mumkin - varoq toʻldi, daftar kamlik qildi degan narsalar yoʻq

(Davomi bor) original maqola linki


🔺 2. Ilm olish sirlari

Aziz Rahimov - Har qanday ilmni tez olish sirlari audio


🔺 3. Yozib boring (davomi)

Ikkinchidan, yozib borishning oʻzi - yaxshiroq tushunishning bir siridir.(Hattoki unga keyinchalik qaramasangiz ham). Chunki yozar ekansiz, miya axborotni qayta ishlaydi. Maʼlumot bilimga aylanishi uchun, uning qayta ishlanishi eng muhim jarayondir. Siz - yozib borish orqali, kontentni yanada chuqurroq tushunasiz

Uchinchidan, bilim oʻzingizga ham, boshqalarga ham foydasi tekkanidagina, oʻz vazifasini ado etadi va yanada goʻzal tus oladi. Yaʼni, siz olgan bilimingizni ulashishingiz kerak.

Lekin siz kitobni faqatgina hozir uchun yoki faqatgina oʻzingiz uchun oʻqir ekansiz, juda koʻp jihatlariga eʼtibor qarata olmaysiz. Chunki sizning holatingiz - juda xususiy

Lekin agar, kelajakda kimgadir, qaysidir tanishim yo doʻstimga foydasi tegadi, kimgadir shu bilim orqali yordam beraman deb, boshqalar uchun ham oʻqisangiz, kitobning boshqa koʻplab jihatlariga eʼtibor bera boshlaysiz. Kitob yanada koʻproq maʼno kasb eta boshlaydi. Siz koʻproq maʼlumotlarni eslab qola olasiz.

Bunda ularni tartib bilan yozib borish esa, kelajakda qaysidir muammoga duch kelganignizda, kimgadir qaysidir kitoblarni tavsiya bermoqchilingizda, oʻqigan kitoblaringiz va ularning xulosalari roʻyhatiga qarashingiz, ishingizni osonroq, yanada mukammalroa hal qiladi. Siz koʻproq foydali odamga aylanasiz

Men shuning uchun Notion dasturida har bir kitob uchun alohida page ochib, ichiga undagi xulosalarni yozib borishni tavsiya qilaman

Original maqola linki

🔺4. Joyida yozib oling

🔺 5. Oʻrgatish uchun oʻrganing

🔺 6. Audiokitob ham eshiting

🔹 @Audiokitoblar_azizbek

🔹 Telegram botlar

@Gozilla_bot @SaveYoutubeBot

🔹 Boʻlingan ekran

Bilim olishni tezlashtirish darsi


NOTION DASTURI

🔺7. Kitoblaringizni yozib borish

🔺8. Katta maʼruzalarni yozib borish

🔺9. Bilimlar va xislatlarni yozib borish

🔹 Link to page

🔹 What insights did I take

🔹 What action should I take

🔺 10. Yozib borishning foydalari

🔹 Yaxshiroq tushunasiz

🔹 Qayta eslashingiz oson boʻladi

🔹 Xulosa olishingiz oson boʻladi

🔹 Oʻrganishingiz tezlashadi


Report Page