Kitob tavsiyasi. 3-son

Kitob tavsiyasi. 3-son

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishda davom etadi.

Loyihaning navbatdagi ishtirokchisi “Sharq yulduzi” jurnali muharriri Islom Ali “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi:


1.Lev Tolstoy – “Tirilish”
2.Chingiz Aytmatov – “Jamila”
3.Zulfu Livanelli – “So‘nggi orol”
4.Abdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar”
5.Xalq og‘zaki ijodi namunalari
6.Cho‘lpon – “Kecha va Kunduz”
7.Abulgʻoziy Bahodirxon – “Shajarai Turk”
8.Nazar Eshonqul – “Urush odamlari”
9.Daniel Defo – “Robinzon Kruzo”
10.Shavkat Rahmon – “Saylanma” (she’rlar)


Islom Ali - 1993 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan.

Shoirning “Yomg‘irlar ostida” nomli she’rlar to‘plami nashr etilgan. “Tong sururi”, “Eng gullagan yoshlik chog‘imda”, “Samarqand mushoirasi” bayozlariga she’rlari kiritilgan.

 Islom Ali Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan (Qozoq, qirg‘iz, tojik qardosh xalqlar) tanlovida, “Vatan tarraqqiyotiga mening hissam” tanlovining viloyat bosqichida, Besh muhim tashabbbus doirasida o‘tkazilgan “Mushoira” tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Respublika yosh ijodkorlarning “Zomin seminari” ishtirokchisi (2022-yil).

Islom Ali 2020-2024-yillarda Qo‘shrabot tumani “Istiqbol sari” gazetasida muxbir vazifasida ishlab kelgan. 2024-yildan “Sharq yulduzi” jurnalida faoliyat yuritib kemoqda. 


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi






Report Page