Kitob tavsiyasi 20-son

Kitob tavsiyasi 20-son

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi


  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishda davom etadi.

Loyihaning navbatdagi ishtirokchisi Sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi:

 1.    Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”.

2.    Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”.

3.    Murod Muhammad Do‘st. “Lolazor”.

4.    Sobir O‘nar. “Bibisora”.

5.    F.M.Dostoyevskiy. “Jinoyat va jazo”.

6.    Jek London. “Martin Iden”.

7.    R.N.Guntekin. “Choliqushi”.

8.    Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun”.

9.    Kobe Abe. “Qumdagi xotin”.

10. Nodar Dumbadze. “Abadiyat qonuni”.


Abdusalom Umarov 1949-yil 7-fevralda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida dehqon oilasida dunyoga keldi. 1965-yili o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirdi. Oliy ta’limni hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida olib, uni 1971-yili tamomladi. Universitetni tugatgandan so‘ng to 1981-yilgacha “O‘zbek sovet ensiklopediyasi” tahririyatida kichik muharrir, ilmiy muharrir va katta ilmiy muharrir bo‘lib ishlaydi. 1981-1984-yillarda Toshkent davlat Pedagogika institutida aspirantura bo‘limining mudiri lavozimida faoliyat yuritadi va 1984-1987-yillarda o‘zi aspirantura ta’limini davom ettiradi. Orada bir yil institutning pedagogika amaliyoti bo‘limini boshqaradi, keyin to 1990-yilgacha “O‘z bek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, 1990-yildan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik” kafedralariga mudir bo‘ldi. 1995-yil dekabrdan 1997-yil fevraliga qadar doktoranturada ilmiy-tadqiqot ishini olib bordi. 1997-yil fevral oyidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Yangi asrning boshlanish yili Abdusalom Odilovich hayotida ham yangilik bo‘ldi – uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Madaniyat va ijodiy tashkilotlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatiga bosh konsultant etib ishga olishdi. Alisher Navoiy nomidagi Respublikasi Davlat kutubxonasiga Milliy kutubxona maqomi berilgandan so‘ng, 2002-yil noyabr oyida Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan u yana O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimiga tayinlandi va o‘n yil davomida, ya’ni 2012-yil mart oyida Madaniyat instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ga professor bo‘lib o‘tganicha shu yerda ish faoliyatini olib bordi.

Olimning sotsiologiya, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, madaniyatshunoslik, kutubxonashunoslik masalalariga bag‘ishlangan 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv-qo‘llanmasi, 2 ta lug‘at, 2 ta risola hamda 150 dan ziyod ilmiy maqolalari mamlakatimiz va xorijiy davlatlar nashrlarida chop etilgan. 

A.Umarov bir qancha davlat mukofotlari bilan mukofoltangan. Jumladan, «Shuhrat» medali (1998), “O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil”, “O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil”,“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi medali (2020), “Аxborot-kutubxona aʼlochisi” ko‘krak-nishoni (2021), 1-darajali “Mehnat faxriysi” (2022)ga munosib ko‘rilgan.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi




Report Page