Kitob tavsiyasi 19-son
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasiRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishda davom etadi.
Loyihaning navbatdagi ishtirokchisi Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman kengashi raisi Azizjon Qabulov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi:
1.“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” – O‘tkir Hoshimov
2.“Kecha va kunduz” – Cho‘lpon
3.“Ikki eshik orasi” – O‘tkir Hoshimov
4.“O‘tkan kunlar” – Abdulla Qodiriy
5.“Dunyoning Ishlari” – O‘tkir hoshimov
6. “Yulduzli tunlar” — Pirimqul Qodirov
7. “Shum bola” — G‘afur G‘ulom
8. “Shaytanat” — Tohir Malik
9. “Otamdan qolgan dalalar” — Tog‘ay Murod
10. “Tarbiyaviy g‘oya” — Xabibullo Temirov
Qobulov Azizjon Nurmamatovich 1985-yil 20-yanvarda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, Jo‘sh Ota mahallasida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2012-yil Samarqand Davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – Informatika va matematika. O‘zbekiston “Ekologiya” partiyasi a’zosi. Oilali. Mehnat faoliyatini 2012-yilda Jo‘sh qishloq xo‘jalik kasb-hunar kalleji o‘qituvchilik lavozimidan boshlagan. 2020-yildan buyon Qo‘shrabot tuman 1-son texnikumida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 2025-yildan Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman kengash raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi