Kitob tavsiya 2

Kitob tavsiya 2

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishda davom etadi.

Loyihaning navbatdagi ishtirokchisi "Istiqbol sari" gazetasi bosh muharriri Husniddin Mamarasulov  “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi:


1. “O‘tkan kunlar” – Abdulla Qodiriy
2.“Otamdan qolgan dalalar” – Tog‘ay Murod
3.O‘tkir Hoshimov asarlari
4.“Bolalik” – Oybek
5.“Yulduzli tunlar” – Pirimqul Qodirov
6.“Mungli ko‘zlar” – Xudoyberdi To‘xtaboyev
7.“Shum bola” – G‘afur G‘ulom
8.Mirzakalon Ismoiliy asarlari
9.O‘tkir Hoshimov asarlari
10.“Urush surati” – Qo‘chqor Norqobil


Husniddin Mamarasulov 1977-yil 26-yanvarda Navoiy viloyati Nurota shahrida tugʻilgan.

  2000-yilda Samarqand Mexanika va iqtisodiyot kollejining yuridik boʻlimini, 2010-yilda Jizzax Pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1999-yilda Qoʻshrabot “Mashina traktor parki” DAJda xodimlar boʻlimi boshligʻi lavozimida boshlagan. Shundan soʻng, 2001-2007-yillar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoʻshrabot tuman boʻlimida boʻlim mudiri, 2007-2014-yillarda Qoʻshrabot qishloq xoʻjalik kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Husniddin Mamarasulov hozirgi kunda “Istiqbol sari” gazetasi muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi




Report Page