Kitob tavsiya

Kitob tavsiya

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishni boshladi.

Loyihaning ilk ishtirokchisi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Mehnat faxriysi Normoʻmin Usmonov  “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi:


1. “O‘tkan kunlar” – Abdulla Qodiriy
2. “Oq kema” – Chingiz Aytmatov
3. “Oltin zanglamas” – Shuhrat.
4. “Go‘dak hidi” – Saida Zununova
5. “Ikki eshik orasi” – O‘tkir Hoshimov
6. “Bahor qaytmaydi” – O‘tkir Hoshimov
7. “Kremlda o‘tgan yillarim” – Nuriddin Muhiddinov
8. “Ogoh bo‘ling” – Narzulla Nazarov
9. “Esdaliklarim” – Temir Shirinov
10. “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” – Ahmadali Asqarov


Normoʻmin Usmonov 1947-yil 23-dekabrda Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. 

 1974-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1965-yilda Qoʻshrabot tumanidagi 68-maktabda boshlagan. Shundan soʻng, 1976-1979-yillarda OʻFA Arxeologiya instituti ilmiy xodimi, 1979-1984-yillarda Samarqand Pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2002-2004-yillarda Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri boʻlgan.

Normoʻmin Usmonov bugungi kunda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining tuman kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi

Report Page