Kitob taqdimoti

Kitob taqdimoti

@Buvaydaakm

Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.

A. Gertsen

O‘zbek yozuvchisi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mirzakalon Ismoiliy tavallud kuni munosabati bilan tumandagi 3-umumta‘lim maktabining 10 sinf o‘quvchilari ishtirokida "Taniqli adib mohir tarjimon" mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkillandi hamda o‘quvchilarga adibning " Inson husni" kitobi yuzasidan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Axborot -kutubxona markazi hodimlari tomonidan M.Ismoiliyning "Inson husni " kitobining mazmun mohiyati so‘zlab berildi .

Ushbu kitob insondagi barcha hislatlar ota ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar mehnatsevarlik haqida hayotiy misollar asosida mohirona yoritib berilgan. Kitobdagi "Ahloq " haqidagi bo‘limidan parchalar o‘qib berildi.  Ushbu kitobni oila davrasida o‘qishni  kitobxonlarga tavsiya etildi.

@Buvaydaakm

Report Page