Kitob o'qish

Kitob o'qish

IT - time


Dunyo 2% & 98% tamoyiliada ishlaydi. Bu shunchaki statistika. Masalan, ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi olimlarning soni ham hech qachon umumiy aholi sonining ikki foizidan oshmaydi.


Daholarning, mutafakkirlarning, barcha kimyogar, fiziklar, professorlar, fan doktorlari, akademiklarning soni ham 2 foizdan oshmaydi.


San'at vakillarining soni ham hech qachon 2 foizdan oshmaydi. Barcha adabiyot institutlarini bitirgan insonlardan faqat 2 foizigina haqiqiy yozuvchilar bo'lib yetishadilar.


Yalpi ichki mahsulotning 100% ham aynan 2% insonlarning sa'y-harakati tufayli ishlab chiqariladi. 2 foiz aholigina qolgan barchani yediradi, kiydiradi hamda insoniyat tarixini boshqarib boradi.


Va faqat 2 foiz aholigina shunday qiziq qobiliyatga ega - o'zligini saqlab qola oladi. O'zligini anglash, o'zligini tan olish va rivojlantirish...

©️ Mirzakarim Norbekov


Bizning shu "2%" insonlarning ichida bo'lishimiz esa hozirgi xatti harakatimizga, hozir o'zimizni rivojlantirish uchun o'qiyotgan kitoblarimizga chambarchas bog'liq.


O'qiganda "Mushohada yuritmay turib, qancha ko'p o'qisangiz, shuncha ko'p bilayotganga o'xshayverasiz, agar o'qiyotganda qanchalik ko'p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz" - Volter


Yapon maqolida aytilganidek "Biz oldin miyani to'ydiraylik, so'ngra u qorinni to'yg'azadi"


Shunday ekan hozirda biz e'tibor berishimiz muhim: Biz televizor ko'ryapmizmi yoki ularni boshqara oladigan ongni shakllantryapmizmi?! Bizning harakatlarimiz nimaga asoslanganligini o'ylab ko'rsak kelajagamizni tasavvur eta olamiz "O'zimiz xohlagan dahoni ko'ra olamiz" azizlar!


Report Page