Kitob o‘g‘risi

Kitob o‘g‘risi

IymonAli KitobAliyev

"KITOB O'G'RISI"


Qalam tig'idan omon

Qoldi oppoq sahifa


Obdon o'yladim,yozaymi yoki sukut saqlaganim ma'qulroq deb.Baribir bo'lmadi.U kitobni o'qiganimdan so'ng biror nima qilishim kerak edi.

Axiyri qasamim va qalamimga sodiq qolgan holda siz o'qib turgan jumlalarni yozishga jur'at

qildim.Bisotimda bori shu "so'z" degan narsa ekan nima ham qilardim,shuni ham eplab ishlatolmasam o'zimdan xafa bo'lib ketaman.

Demoqchimanki,bizlar mukammal emasmiz.


Bir hafta oldin bemorlik yetdi.Shukur hozir yaxshiman.Mana shu bemorlik mobaynida qilgan samarali ishlarimdan biri kitob o'qiganim bo'ldi deb o'ylayman.Kitoblarim orasini ko'zdan kechirar ekanman,muqovasi ham ajoyib va anchadan beri o'qigib kelib yurgan kitob "Kitob o'g'risi" e'tiborimni tortdi.Ish bilan bo'lib kitob o'qishga ham vaqt topolmay yurgandim.Bu bemorlik meni yana kitoblarim orasiga qaytardi.

Shuning uchun "Kitob o'g'risini" kitoblarim qatoridan "o'g'irlab" oldim.Boshqa kitoblarim esa o'zlarining ham "o'girlanishlarini" istab ma'yus qarab qolishdi.Ha ularga ham navbat kelar.

Shunday qilib kitob muqovasidagi qiz e'tiborimni tortdi.Qo'lida qandaydir kitob quchoqlagancha termulib turar va bu termulishlar ortida qandaydir ma'no yashirin edi.Uff! Bo'ldi ortiq o'zimi qolipga solib turolmayman.Dildan,samimiy 

holatda suhbat qurishga nima yetsin.Kitobning ilk sahifalarini varaqladim,haa dunyoning mashhur nashrlari rosa maqtashibdi.Qani ko'ramiz shu maqtovlarga arzirmikan.Chunki o'qiyapman "The New York times bestselleri" deb yozilgan hamma kitoblar ham qiziqarli chiqmayapti.Shunday qilib kitobni o'qishni boshladim.Hozirgi kunga kelib biror kitobni ellig sahifa o'qimay turib uning qiziqarli yoki zerikarli ekanligini bilish qiyin.Bu o'lchov men uchun.Sizni esa bilmadim.Kitobni o'qir ekanman,ochig'ini aytganda boshida unchalik tushunmadim,voqealarga singib ketishim qiyin kechdi chog'i.To o'ninchi sahifalargacha.Undan keyin esa meni shu holimda hech qanday ulovsiz va uchoqsiz Germaniyaga olib borib qo'yishdi.Lizel Memingerning oldiga.Kitob muqovasidagi qiz borku,o'sha.Haa sezganingizdek voqealar rivoji uchun makon sifatida Germaniya tanlab olingan.Voqealar 1938 - 1945 yillar oralig'ida Germaniyada sodir bo'lgan.Ha orada Rossiyaga ham kelib ketish bor.

Makon,yillar sizga biror nimani eslatmadimi?Urush.Ikkinchi jahon urushi.Mana shu so'zni eshitsam qo'llarim qaltirab aftoda holga tushib qolaman.Oldinlari urushlar haqida, xususan jahon urushlari haqida ulug' yoshga yetganlardan eshitardim.Ammo uning dahshatlariga bunchalik aniq yaqinlashmagandim.Sababi mana shu qo'limda ushlab turgan kitob edi.


__________________________________________


ILOVA!


Bilamizki urushlar insoniyat boshiga ko'plab kulfatlar keltiradi.Ayniqsa jahon urushlari.

Urushlar ortidan kelgan zararlarni aytmay qo'ya 

qolay.Lekin bir gap aytsam meni jerkimang.Ba'zan o'ylab qolaman,mana shu urushlarni deb jahon adabiyoti ham,o'zbek adabiyoti ham yaxshi va sifatli asarlarga sezilarli darajada boyidi.Ayniqsa o'zbek adabiyotida urush mavzusiga ko'plab murojaat qilingan.U asarlardan insonparvarlik ruhi ufurib turadi.Xuddiki mehr oqibatli bo'lish uchun 

urush bo'lishi shart emas degandek.Qanchadan 

qancha yaxshilikka doir filmlar suratga olindi.Bitta misol: "Sen yetim emassan".Har ko'rganimda yurag bag'rim ezilib ketadi.

Urushdan qolgan yaxshi "meroslar" shunaqa narsalar edi.

____________________________________________


Asar "Siz ham bir kun o'lasiz" degan ajoyib "xushxabar"bilan boshlanadi.Ha albattada,

romanni ilk o'qiganingizda men yozuvchi

bilan suhbatlashayapman,menga bu hikoyalarni

yozuvchi aytib bermoqda deb o'ylashingiz mumkin.Lekin xato o'ylabsiz.Aslida u Ajal edi.

Qo'rqmang asar oxirida uni yoqtirib qolasiz.

Shuning uchun asar ham Ajalga xos bo'lgan 

so'zlar ila boshlanmoqda.Siz ham bir kun kelib 

men bilan uchrashasiz.Lekin qo'rqmang,asarni 

o'qirkansiz Ajal bilan birga bo'lasiz.U sizga o'z 

hikoyasini bayon qiladi.Hamma undan qo'rqadi,

lekin uni ko'p insonlar yaxshi tanishmaydi.Shu yerda to'xtatay,sizning ongingizda asar ajal haqida va u qandaydir yoqimsiz degan fikr uyg'onmoqda.Lekin bunday emas,endi nima ham 

derdik urush haqida gap ketganda qanday qilib ajal eslanmasligi mumkin.Axir ular aka uka emasmi!?Ayniqsa jahon urushida ajal juda band bo'ladi.Demak asar urush haqida ekanda desangiz unchalik ham emas,to'g'ri asar voqealari davomida urush o'z bo'yini ko'rsatib turadi,lekin biz chalg'imaymiz.Diqqatimiz fokusini

kitob muqovasidagi qiz - Lizel Memingerga qaratamiz.Ha payqaganingizdek asar u haqida.

U bilan o'tgan har bir soniyamni eslasam,ko'ksimga havo yetmagandek bo'lib, yuragim esa qinidan chiqqudek bo'lib urib ketadi.U bilan ancha til topishib qolgandik.Yaxshi do'st edik.

Toki asar yakunigacha.Mana nima uchun men 

yakunni yoqtirmayman,endi asar qahramoni bilan do'st bo'lganimda asar tugaydi.Biz bir birimizni tark qilamiz.Haa ichki kechinmalarni keyinga qoldirib asar haqida aytadigan bo'lsam,

zotan sizga keragi ham shu.

Mol o'g'risi, pul o'g'risi ko'p eshitganmiza bunaqalar haqida.Lekin Kitob o'g'risi,boshqacha 

eshitilar ekan.Ayni urush vaqtida ovqat yoki pul o'g'irlansa tushunamiz.Lekin kitob o'g'irlash uchun qandaydir boshqa sabab bo'lishi kerak.

Yoki mingtadan bitta chiqadigan, taqdir siylagan,

Lizel Memingerga o'xshagan inson bo'lishi kerak.

U shu qadar kitobga oshno edimi? Yoki shunchaki moddiy ahvolini qondirish uchunmi?

U ilk o'g'irlagan kitobidan tortib to so'ngisigacha

shuni maqsad qilgandiki,kitoblar uning 

yuragidagi og'riqlarga shifo,hayotning zarbalariga qalqon edi.Haa u kitoblarga, ularning 

orasidagi so'zlarga juda oshno edi.Darvoqe bu 

asarni o'qib so'zning qanday qudratga ega ekanligini sal bo'lsa ham his qildim.So'zim boshida bisotimda so'zlardan o'zga nima ham bor degan edim.Bunday o'ylab qarasam juda katta va zalvorli narsa bor ekan.O'ylab ishlatish kerak.Nima bo'lganda ham o'g'rilikni oqlamayman.U kitob bo'ladimi yoki boshqa buyum o'g'irlik yaxshi emas.Lekin gap nimada?

Lizel "Kitob o'g'risi" degan "unvon"ga qanday

sazovor bo'ldi? Keling Lizel o'g'irlagan kitoblarning o'g'rilik tafsilotlarini ko'rib chiqamiz.Ilk o'g'irlangan kitob 

"Go'rkovlar uchun qo'llanma".Bu kitobni Lizel 

qahraton qish kechasida yerdan,qorlar ostidan topib olgandi.Ber cheti ko'rininb turgandi o'shanda.Tushuniyapsizmi yerdan deyapman.Bu 

o'g'irlik bo'lishi mumkinmi?Ikkinchi kitobini esa

Fashistlar Germaniyasi barcha davlat siyosatiga

qarshi kitob va matereiallarni to'plab yoqishni 

buyurganda,gulxan chetida yonmay qolgan bir kitob bor edi.U ham Lizelning e'tiboridan chetda 

qolmadi.Boshqa o'g'irlangan kitoblarga keladigan bo'lsak chetdan qaralganda o'g'irladi deyish mumkin,lekin aslini olganda Hokimning xotini (u kitoblarning egasi edi) Lizel u kitoblarini olayotganini bilib turardi.Ammo Lizelni ko'ngliga yaqin olgandan bilsa ham bilmaganga olardi.Lekin asar so'ngiga kelib Ilza Herman(Hokimning xotini ismi) o'zi Lizelga yoqtirgan kitobini beraveradigan bo'ldi.Lizel unga yoqib tushgandir.U ayolning xarakteri negadir menga yoqdi.Shunday qilib endi shuni 

o'g'rilik deyish mumkinmi,balki o'zingiz asarni

mutolaa qilsangiz yaxshiroq tushunarsiz,va sizga 

boshqa qirralari ham ochilar.Menimcha Kitob o'g'risiga qoyil qolmasdan iloj yo'q.Shunday qilib 

gap shundaki,u kitoblarni o'g'irlamadi.Balki o'g'irlaganga o'xshab ko'rindi.Tamom vassalom.

___________________________________________


ILOVA


Shu yerda bir narsa yodimga tushdi.

Asar muallifi: Markus Zusak.

Men "Kitob o'g'risi" ni mutolaa qilish davomida

adabiyotning yangi sarhadlarini kashf etdim.

Men xali bu usuldagi asarni o'qimagandim.Va bu

menga juda yoqdi.Haa nashrlar maqtagancha bor ekan.

Markus qoyil qoldim senga.

___________________________________________


Men sizga bitta manzil beraman,albatta tashrif 

buyuring.

Molking shaharchasi,Himmel ko'chasi,33 uy.

Nimalar sodir bo'lmadiya bu uyda.Bu uyga tashrif buyurganlar meni yaxshi tushunishdi.Agar siz kelmagan bo'lsangiz albatta keling.Lizel va uning o'gay ota onasi,sizni yaxshi kutib oladi. Yerto'lada esa Maks Vandenburg ismli yahudiy yashiringan.Faqat bu ma'lumotni hech kimga aytmang.Axir bilasizku,Fashistlar yahudiylarni 

yoqtirishmaydi.

(Tashrif buyuring degani "Kitob o'grisi" ni o'qing degani)

Shu yerga kelganda bir narsani aytay,bu asarni

o'qib bo'lib juda ham mutaassir bo'ldim.Juda

ham.Bu qanday asarki,ham kuldiradi ham yig'latadi,bolalikning beg'uborligi ham shunda,ulg'ayishning alomatlari ham shunda.Urushning achchig'i ham qo'shilgan,tinchlikning totli ta'mi ham mujassam.

Bitta yo'nalishda turg'un qolib ketmaganligi,sizni

zeriktirib qo'ymaydi.Kitobni qo'lingizga olganingizda uning qalinligi sizni biroz cho'chitishi mumkin.(560 bet)Lekin bir boshlab olsangiz voqealar davomi nima bo'larkin deya 

tezda o'qib qo'yasiz.Mana men uch kunda tugatdim.Endi afsustaman.Har kuni yarim betdan

o'qib bir yilda ham tugatmaslik yo'lini qilsam bo'lmasmidi.Mana endi yana bunday kitobni 

mutolaa qilamanmi yo'qmi bilmadim.Men sizga 

asar haqida to'liq aytib bermadim.   Charchadim,ilmim kamlik qildi va buning ustiga 

"spoylerlik" qilib qo'ymay dedim.Adabiy tanqidchi emasman har qalay.Yaxshisi siz o'zingiz 

asarni o'qib chiqing.Vada berib aytamanki sarflagan vaqtingiz va pulingizga achinmaysiz.

Men ham kitobni xarid qilayotganimda,kitob narxi 66 000 so'm ekanligi biroz "tishladi".Lekin 

o'qib bo'lib shunga amin bo'ldimki,kitob uchun kam haq to'lagan ekanman.Agar shu asarning ikkinchi qismi ham chiqsayu va uning narxi 

300 000 so'm bo'lsa ham xarid qilardim.Agar 

500 000 so'm bo'lsachi desangiz,ha bu darajaga

borishmas,insof ham kerakku:)Afsuski bu kitobning davomi yo'q.Davomini o'zingiz yozasiz.

So'zim oxirlaganini sezgandirsiz,siz bilan maroqla suhbatlashdik deb o'ylayman.

Ushbu asar katta adabiy yutuqdir."Kitob o'g'risi"ning barchamizga aytar so'zi bor.


                 ©️Muhammad vafo

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

997217008

Report Page