"Kitob-ko'ngil ziynati".

"Kitob-ko'ngil ziynati".


Kitob-insonlarni yaxshilikka, ezgulikka chorlovchi mayoq yo'llarini nurafshon etguvchi ziyo manbai bo'lsa. Kutubxonachi ana shunday ziyo nurlarini taratuvchi ziyokor insonlar hisoblanadi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ana shu mas'uliyatni his qilgan holda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 14-sonli bayonning ijrosi va O'zbekiston Milliy kutubxonasining 26-sonli buyrug'ining ijrosini ta'minlash maqsadida, mahallalarga, xonadonlarga tashrif buyurib, keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Jumladan, Zomin tuman axborot-kutubxona markazining Ko'chma kutubxona mutaxassislari Z.Azimova, G.Fayzullayeva hamda S.Muxtorovalar "Qayirma" MFY da joylashgan Yoshlar ittifoqi markaziga tashrif buyurishdi. "Kitob-ko'ngil ziynati" mavzusida kitob targ'ibot ihlarini olib borib u erdagi kitoblarni yangi kelgan badiiy adabiyotlarga almashtirildi. Kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib kitoblar haqida ma'lumotlar berildi va Yoshlar ittifoqi markazida ish faoliyat yuritadigan hodimlarni ham kutubxonaga a'zo qilishdi.


Report Page