Kitob bizning do'stimiz

Kitob bizning do'stimiz


Joriy yilning 22-dekabr kuni 2-son Talabalar turar joyida Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi kafedra professor-o'qituvchilari M.Nazarova, M.Nortasheva, Z.Suyunovalar "Kitob bizning do'stimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarda kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar, kitob sevar talabalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini izchil va samarali tashkil etish orqali faol kitobxonlar tugaraklarini kengaytirish, ayniqsa, talabalarning intellektual salohiyatini oshirishdan iborat ularning fikrlash doirasini kengaytirish hamda ijodkorlik salohiyatini namoyon etishdan iboratdir.

Haftalik doirasida "Kitob bizning do‘stimiz” tanlovi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining talabalar turar joylarida oʻtkazilayotgan “Kafedra haftaligi” tadbirlari doirasida “Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 2-son talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o'rtasida "Kitob bizning do'stimiz" tanlovi o'tkazildi.

Unda talabalar o‘zlarining bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Qizg'in baxs-munozaraga boy o'tgan savol-javoblarda tezkorlik va faolllik ko'rsatgan bir qator yoshlar g'olib deb topilib, Kafedra mudirining faxriy yorliq va kitoblari sovg'a tariqasida ulashildi.




Report Page