Kitob – buyuk kelajak asosi

Kitob – buyuk kelajak asosi

To‘xtamurod Rajabov

Kitob – buyuk kelajak asosi. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishmandlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilm-u odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Kitob mutolaasi kishida chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero, buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbayidir.


Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O`zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi o`qituvchilari Yoqubova Shahnoza Yusufovna, Ahmadova Umidaxon Shavkat qizi, Yusupova Dildora Yunus qizi tomonidan "Kitob yig'ish oyligi" aksiyasi doirasida universitet kutubxonasiga 25 nusxada ilmiy, badiiy kitoblar taqdim qilindi.


Report Page