Kiprda akademik mobillik imkoniyati
@kokandunipress📢 E’LON
Erasmus+ KA171: Kiprda akademik mobillik imkoniyati!
Qo‘qon universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari diqqatiga!
Qo‘qon universiteti hamda CIM – Cyprus Business School (Nicosia, Cyprus) o‘rtasida tuzilgan Erasmus+ International Credit Mobility (KA171) dasturi doirasidagi 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan Inter-Institutional Agreement (IIA) asosida akademik mobillik imkoniyatlari e’lon qilinadi.
Mazkur hamkorlik Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish, moliya, bank va sug'urta, menejment va ma'muriyat, marketing va reklama yo‘nalishlarini qamrab oladi.
🎓 MOBILLIK O‘RINLARI
Ishtirokchilar
Mobillik turi
O‘rin
Muddati
👨🎓 Talabalar
Student Mobility for Studies
1 nafar
5 oy
👨🏫 Professor-o‘qituvchilar
Staff Mobility for Teaching
1 nafar
7 kun
👨🏫 Professor-o‘qituvchilar
Staff Mobility for Training
2 nafar
7 kun
📚 Ustuvor yo‘nalishlar
- 0411 — Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish
- 0412 — Moliya, bank va sug'urta
- 0413 — Menejment va ma'muriyat
- 0414 — Marketing va reklama
👨🎓 TALABALAR UCHUN
1 nafar Qo‘qon universiteti talabasi 2027-2028 akademik yil, 1-semestrida CIM – Cyprus Business School (Nicosia, Cyprus)ga borib 1 semestr tahsil olib kelishi mumkin
Ishtirok etish talablari
Nomzod:
- Qo‘qon universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat yoki magistratura talabasi bo‘lishi;
- bitiruvchi kursda bo‘lmasligi;
- Erasmus+/LLP dasturlari doirasida ayni ta’lim bosqichidagi umumiy mobillik muddati 12 oydan oshmasligi;
- bakalavriat talabalari uchun GPA kamida 3.00/4.00;
- magistratura talabalari uchun GPA kamida 3.00/4.00;
- ingliz tilini kamida B2 darajada bilishini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq, bakalavriat talabalari, agar dasturda boshqacha talab belgilanmagan bo‘lsa, kamida 1-kursni tamomlagan bo‘lishi kerak.
📊 Tanlov qanday amalga oshiriladi?
Nomzodlar Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomida belgilangan 100 ballik baholash tizimi asosida saralanadi.
Bakalavriat talabalari uchun asosiy mezonlar:
- GPA — 30 ball
- Chet tili — 25 ball
- Akademik faollik — 15 ball
- Noakademik faollik — 15 ball
- Yutuqlar va iste’dod — 10 ball
- Motivatsion xat va intervyu — 5 ball
Magistratura talabalari uchun esa akademik va ilmiy faollikka yuqoriroq ustuvorlik beriladi.
📝 HUJJATLARNI TOPSHIRISH
Hujjatlarni topshirish manzili:
Qo‘qon universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti
Hujjat topshirish muddati:
20.10.2026
Mas’ul bo‘lim:
Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti
📧 E-mail: u.mamadaliev@kokanduni.uz
📧 E-mail: shsaidov@kokanduni.uz
👨🏫 PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN
3 nafar Qo‘qon universiteti professor o‘qituvchisi 2026-2027 akademik yil, bahorgi semestrda CIM – Cyprus Business School (Nicosia, Cyprus)ga borib, 7 kun davomida professional faoliyat yurgizib kelishlari mumkin.
Erasmus+ KA171 doirasida:
Teaching Mobility
1 nafar professor-o‘qituvchi — 7 kun
Training Mobility
2 nafar professor-o‘qituvchi — 7 kun
Mobillik CIM – Cyprus Business Schoolda akademik dars berish yoki kasbiy rivojlanish/trening faoliyatini amalga oshirish shaklida tashkil etiladi.
Professor-o‘qituvchilar uchun asosiy talablar
Qo‘qon universitetining Akademik mobillik to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq nomzod:
- Qo‘qon universiteti bilan amaldagi mehnat shartnomasiga ega bo‘lishi;
- so‘nggi 1 yil davomida jiddiy intizomiy jazoga tortilmagan bo‘lishi;
- dastur talablariga mos (B2) chet tili bilimiga ega bo‘lishi;
- so‘nggi KPI baholash davri bo‘yicha qoniqarli yoki undan yuqori natijaga ega bo‘lishi kerak.
📊 Professor-o‘qituvchilarni baholash
Tanlov 100 ballik tizim asosida:
Mezon
Maksimal ball
Chet tili bilish darajasi
20
Ilmiy yutuqlar
25
Grant/ilmiy loyihalardagi ishtirok
20
KPI natijalari
20
Ilmiy-akademik faollik
10
Kafedra/fakultet tavsiyasi va intervyu
5
Jami
100
📄 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
Talabalar:
- Ariza;
- CV / tarjimai hol;
- Akademik transkript;
- Chet tili sertifikati;
- Motivatsion xat;
- Tavsiyanoma;
- Dastur talab qiladigan boshqa hujjatlar.
Professor-o‘qituvchilar:
Yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha ravishda:
- ilmiy ishlar/nashrlar ro‘yxati;
- KPI baholash varaqasi ko‘chirmasi;
- kafedra/fakultet tavsiyanomasi;
- mobillik davrida o‘quv va ilmiy yuklamani vaqtincha boshqa xodimga topshirish bo‘yicha tasdiqnoma.
📝 HUJJATLARNI TOPSHIRISH
Hujjatlarni topshirish manzili:
Qo‘qon universiteti — Xalqaro hamkorlik departamenti
Hujjat topshirish muddati:
20.11.2026
Mas’ul bo‘lim:
Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti
📧 E-mail: u.mamadaliev@kokanduni.uz
📧 E-mail: shsaidov@kokanduni.uz