Kinomatagrafiya tarihi, buguni va kelajagi haqida qisqacha...
@hamidullayev_20
Kinomatagrafiya otasi kim? Nega odamlar film ko'rish uchun pul to'lashadi? Multfilmlar faqat yosh bolalar uchunmi? Nega Kinomatagrafiya borgan sari yosharib bormoqda? Bu savollarning barchasiga bugungi #kino_maqola dan javob olamiz. Assalomu aleykum sizlar bilan Film Haqida kanali.
Lampochka ihtirochisi Tomas Eddison, texnikaga qo'shgan hissasi bilan alohida etiroflanadi Shuning bilan birga u nafaqat Kino Olamiga hissa qo'shgani va shuningdek, bu olamni ochib bergan insonlar qatoridan joy oladi. U kashf qilgan "cinegraph" yani harakatlarni yozib oluvchi qurilmasi yordamida insoniyat tarixida ilk bor inson va boshqa vositalar harakatlari yozib olina boshladi. Avvaliga qurilmada shunchaki esdalik, yani biror narsani yodda saqlash, tarixga muhrlash uchun foydalanildi.

Ammo 1985-yilga kelib Aka-uka Lyumerlar, bu harakatlarni malum reja asosida suratga olib ommaga taqdim eta boshlashdi. Bu ham bo'lsa pul ishlash uchun uyishtiriladigan, oddiy va 1 kunda 100 martalab seans qo'yish mumkin bo'lgan 10-15 soniyalik lavhalar edi.

20 asr boshlarida fransiyalik Jorj Milies, norasmiy tarzda kinomatagrafiya olamini ochib berdi. U tahminan 20-30 daqiqa vaqt oladigan kichik filmlar yarata boshladi. U suratga olgan filmlar o'sha davr fantastikasi edi. Oyga sayohat, yovvoyi odamlar, sirli g'oyib bo'lishlar haqida. Milies kinoda Stop-kadr atamasi vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Yani u sahnada bir aktyorning goh g'oyib bo'lishi goh paydo bo'lishi yoki kiyimlari almashib qolishini stop-kadrlar bilan suratga olardi. U yaratgan filmlar kinomatagrafiyaga poydevor bo'lib hizmat qildi.

19 asrning 20-yillarida kino olamiga Charli Chaplin kirib keldi. O'zi bilan komediya janrining eng asosiy fishkalarini olib kirgan Charli insonlarni gapirmay kuldira olardi.

Aynan o'sha yillardan kino dunyo bo'ylab yoyila boshladi. Rivojlangan har bir mamalakatda filmlar suratga olinardi. Ularning saviyasi tobora ortib borardi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida, kino olami ancha sustlashdi, sabab , esa aktyorlar yetishmasligi. Bu o'z o'rnida multiplikatsion filmlar paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. 1937-yilda ilk to'liq metrajli multfilm, "Oppog'oy va Yetti Gnomlar" multfilmi katta ekranlarga chiqarildi. Albatta, iliq kutib olindi. Bu o'z o'rnida shu kabi filmlarni ko'proq ishlashga sabab bo'ldi. Urush yillarida 10lab to'liq metrajli va 100lab qisqa metrajli multfilmlar suratga olindi.

Dastlab multfilmlarni hamma yosh bolalar uchun deb hisoblagan. Sababi ko'p hollarda multfmilmlar bolalar eshitib katta bo'ladigan ertaklar asosida suratga olinardi. Shuning avvaliga multfilmlarning muhlislari kam bo'lgan. Katta kompaniyalarning marketing bo'limlari multfilmlarni umuman yangi voqealar bo'yicha suratga olish taklifini bergach va bu amalga oshganda multfilmlarning muhlislari 7 yoshdan 70yoshgacha bo'lganlar orasida topila boshladi. Shu zaylda o'zaro raqobat va talab-takliflar tufayli multfilm sanoati ham tobora rivojlandi.

Bu vaqtlarda yani 1970-2000 yillar oralig'ida kino olami ilmiy - fantastika ishqiboziga aylanib borayotgam edi. 1968-yilda suratga olingan Stenli Kubrikning "Kosmik Oddisey"i tom manoda ilm-fan va kino sohalarini birlashtirib yubordi. Filmda nafaqat Kosmik sarguzashtlar balki Oy va Yupiterga sayohat, inson revolutsiyasining boshqa ko'rinishlari va revolutsiyaning cho'qqisi yaqqol ko'rsatib berilgandi. Etiborlisi real hayotda hali inson Oyga Qadam qo'ymagandi.

Shu asnoda bir qancha fantastik janrdagi kino franshizalar dunyo yuzini ko'rdi. " Terminator " , " Kelajakka Qaytib" , "Yulduzlar jangi" , " Begona va Yirtqich " va " Samoviy Yo'l " shular jumlasidan.




Shu o'rinda eng yaxshi drama filmlari ham shu yillarda suratga olindi. " Cho'qintirgan Ota " , " Titanik " " Shoushenkdan Qochish " , " Forrest Gamp " va boshqalar.



1985-yillardan boshlab kinomatagrafiya sanoatiga yangi tehnologiyalar jalb qilina boshladi. Xususan, kompyuter grafikasi va suniy animatsiya. Filmlarda o'zga sayyoraliklar va bazu mahluqlar VFX va CGI lar yordamida yaratila boshlandi.

Asr oxiri inqilobiy kechdi. 1995- yilda Stiv Jobs boshchiligidagi " PIXAR " kompaniyasi muhlislarga bir necha qisqa metrajli animatsion filmlardan so'ng tarixdagi ilk to'liq metrajli animatsion film yani " O'yinchoqlar Tarihi " ni taqdim etdi. Kino olamida " animatsion " poyga boshlandi. Bu paytlarda " Disney " hali qog'ozlaridan voz kechmagan edi. Keyingi 5 yilda 10ga yaqin keyingi 200 yilda 1000 dan ziyod animatsion filmar ekran yuzini ko'rdi.



2000- yillardan boshlab kinomatagrafiya " yopinchiqli " qaxramonlar iznida qoldi. Kino olamiga Superqaxramonlar janri kirib keldi. Katta kompaniyalar komikslar asosida filmlar suratga ola boshladi. Franshizalar dunyoga keldi. " G'aroyib Odamlar " , " DC'ning kengaytirilgan kino-olami " va albatta " Marvel Kino Olami " shuningdek boshqa kompaniyalarning kichik urinishlari Superqaxramonlarni muhlisalar muhabbatiga sazavor qildi. Eng asosiy urunishlardan Sem Reymining " O'rgimchak-Odam " i va Kristofer Nolanning " Qora Ritsar " trilogiyalarini misol qilish mumkin.


Bugun kino tobora yosharib bormoqda. Har yili chiqadigan filmlarning reytingi 16+ (PG-13) va undan past. Bu o'z o'rnida filmlarda saviya va chegarani ushlab turadi. Ammo shunday bo'lishiga qaramay, so'ngi yillara ishlangan 18+ (R) reytingidagi " Joker " va " Deadpool " filmlari ham ancha shuhrat qozondi.

Umuman bugungi kino tomoshabin uchun ishlamoqda. Har holda biz shunday saviyada film ko'rmoqdamiz. Asosiysi ular qanday film ishlayotganlari va ishlashi kerakligini bilishadi. Qolgani tomoshabinlar didiga bog'liq. Hulosa o'rnida film ko'rayotganda undan zavqlanish kerakligini eslatib qo'yishni lozim topdik. Ko'ring , tushunib ko'ring va zavqlaning. Agar zavqlanmasangiz demak boshqa film ko'rishga to'g'ri keladi. Keyingi maqolalarda uchrashguncha Hayr...
