Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi

Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi

https://dastgoh.uz
Kimyoviy tozalash liniyasi 3D tasviri

Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.

Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.

1. Kiyimning faqat dogʻ qisminigina tozalash kerak boʻlgan kiyimlarni dogʻ tozalovchi uskuna yordamida dogʻlar yoʻq qilinadi

Dog' tozalovchi uskuna

2. Kiyim turiga qarab yuvish uskunasi tanlanadi. Masalan: 5KG gacha boʻlgan, kimyoviy tozalashga ruxsat etilgan kiyimlar - Gidrokarbon (Hydracarbon dry cleaning) kimyoviy tozalash uskunasida yuviladi, yoki 5KG dan ogʻir boʻlgan va kimyoviy tozalashga tavsiya qilinmaydigan kiyimlar va boshqa mato turlari - Akvatozalash uskunasi yordamida yuviladi.

Kimyoviy tozalash uskunasi
Kimyoviy tozalash uskunasi texnik xususiyatlari
Akvatozalash uskunasi
Akvatozalash uskunasi texnik xususiyatlari

3. Yuvilgan kiyimlar issiq havo purkash orqali quritish uskunasi yordamida yaxshilab quritiladi.

Quritish uskunasi
Quritish uskunasi texnik xususiyatlari

4. Kiyim turiga qarab dazmol turi tanlanib, maxsus aravacha yordamida dazmollash uskunasi yoniga keltiriladi.

Maxsus aravacha

5. Universal dazmollash uskunasi har qanday turdagi kiyim va mato turlari uchun mo'ljallangan. Universal dazmol Parlovchi uskunaga ulangan holda qo'l dazmoli yordamida ishlaydi.

Universal dazmollash uskunasi
Universal vakuumli dazmollash uskunasi texnik xususiyatlari

6. Kostyum/Ko'ylak shaklida dazmollovchi uskuna ham parlovchi uskunaga ulangan holda manekenga kiydirilgan kiyim ichidan par bergan holda kiyimning g'ijimlarini to'g'irlaydi. Bu jarayonni universal dazmollash uskunasi yordamida ham qilish mumkin, ammo ko'p vaqt va mehnat sarflangani bois manekenli dazmollash maqsadga muvofiq. Yana bir qulaylik tarafi u kiyimning ichki tarafidan par berish orqali dazmollaydi va mijoz kiyimlarini uzoq vaqt xizmat qilishini ta'minlaydi.

Maneken dazmollash uskunasi
Maneken Dazmollash uskunasi texnik xususiyatlari

7. Dog' tozalash, yuvish, dazmollash jarayonlaridan o'tgan kiyimlar chang tegmasligi va yana kirlanmasligi uchun paket qoplovchi uskuna yordamida polietilen sellofanga o'rab qo'yiladi.

Paketga qadoqlovchi uskuna
Paketga qadoqlovchi uskuna texnik xususiyatlari

8. Paketga o'ralgan kiyimlar ilgakli osma konveyerga osib qo'yiladi va xaridor kelgan paytda toza kiyimlar o'zi harakatlanuvchi konveyer yordamida orasidan olib beriladi.

Ilgakli koveyer
Ilgakli konveyer uskunasi texnik xususiyatlari

9. Par beruvchi uskuna tepada ko'rsatilgan dazmollash jarayonidagi uskunalarning ishlashi uchun par yetkazib beradi.

Par chiqaruvchi uskuna
Par chiqaruvchi uskuna texnik xususiyatlari

Quyida esa sizga Kimyoviy tozalash liniyasining 3D ko'rinishini havola qilamiz:

Kimyoviy tozalash liniyasi 3D tasviri
Katta Kimyoviy tozalash liniyasi naxlari
Kichik hajimdagi Kimyoviy tozalash liniyasining 3D tasviri

Hurmatli mijoz! Sizlarning talablaringizga yana muvofiq takliflar berishni reja qilganmiz, shu munosabat bilan sizlarga tepada tanishtirib oʻtilgan liniyaning ixchamroq versiyasini taqdim qilmoqchimiz:

Kichik hajmdagi Kimyoviy tozalash liniyasining 3D o'lchamli tasviri
Kichik hajmdagi Kimyoviy tozalash liniyasining narxlari

Izoh:

Yuvish jarayonida ishlatiladigan kimyoviy qoʻshimchalar haqida uskunalarni oʻrnatuvchi texnolog injener batafsil xaridorga maʼlumot yetkazadi.

Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o'zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi "One Step Solution''XK do'koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston buylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

+99 8 94 225 0008

+99 8 93 344 04 04

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz


Manzil: Navoiy shaxar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida.

https://t.me/OSS_uz
https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz



Report Page