Kimyoviy sher
@maktabda_kimyoILMI KIMYO MADHI
Kimyo–bashariyat saodati yashirilgan mo'jizalar sohasidir: tafakkurning eng buyuk kashfiyotlari aynan shu sohada amalga oshajak.
М.Gorkiy (rus yozuvchisi)
Juda qadim zamondan,
Ma'lumdir ilmi kimyo.
Insonga har tomondan
Foydasidir bir dunyo
۞ ۞ ۞
Barq tushib yongach o'rmon,
Insonlar topgan olov.
O'tsa hamki ming zamon
Otash insonga yalov.
۞ ۞ ۞
Foydalanib olovdan,
Yedilar pishgan taom
Inson zoti hayvondan,
Farqlanib ketdi tamom.
۞ ۞ ۞
Kashf etildi ketma-ket,
Kimyoviy elementlar.
Kislota, qotishmalar,
Turli-tuman fermentlar.
۞ ۞ ۞
Ming-minglab allomalar,
Tunu kun izlandilar.
Goxo topdilar jazo,
Goxida sizlandilar.
۞ ۞ ۞
Moddalar tuzilishin,
Asroriga yetdilar.
Molekula atomlarni,
Butkul tadqiq etdilar.
۞ ۞ ۞
Bu kun mavjud atir-upa
Necha yuz xil bo'yoqlar.
Joziba–la, tovlandi–
Sochu, dudoq yanoqlar.
۞ ۞ ۞
Yaratilgach sun'iy tola,
Ming turdagi matolar
Yoshlar kabi libosdadir,
Xatto chollar, momolar.
۞ ۞ ۞
Olov bois yaratildi,
Sopol, chinni buyumlar,
Plastmassa , billur, oyna,
Olovbardosh quyumlar.
۞ ۞ ۞
Kimyo bois tayyorlanar,
Taomlarning ming turi.
Sirka–yu, non, ichimliklar,
Totli biridan-bir.
Davomi bor...
@maktabda_kimyo