Kimyogar olimlar
@maktabda_kimyoKimyo yo'nalishi bo'yicha tarixda 24-xalqaro Nobel mukofoti sovrindorlari:👇
Arthur Harden va Hans von Euler-Chelpin

Arthur HardenÂ
GARDEN (Harden) Artur (1865-1940)-ingliz biokimyogari. London tibbiyot profilaktikasi instituti direktori (1907 yildan) hamda London universiteti professor (1912-yildan). Asosiy ishlari biokimyo va enzimologiyaga bagĘ»ishlangan. Koferment nikotinamidadenindinukleotid (NAD)ni kashf qilgan. Qandning fosforli efiri — geksozomonofosfatni topgan (1914). BijgĘ»ish jarayonini tezlashtiruvchi qator fermentlar-karboksilaza, katalaza, peroksidazalarni tekshirgan.Â

Hans von Euler-Chelpin
Eylerxelpin Gans Karl Avgust Simon fon (1873-1964)-shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi aĘĽzosi (1914-yildan). Berlin universitetini tugatgan (1885). Gyottingen (1896-97), Stokgolm (1898 yildan) universitetlarida ishlagan (1906-yildan professor). Stokgolm universitetining Biokimyo instituti (1929-37), Organik kimyo instituti (1938-48), ayni vaqtda (1940-yildan) Vitamin instituti direktori. Asosiy ilmiy ishlari biokimyo jarayonlari mexanizmini oĘ»rganishga oid. Fermentlarni tadqiq qilgan (1905-40). Tirik organizmlarda fermentlar taĘĽsirida kimyoviy reaksiyalar tezligining ortishini aniklagan va bu jarayonni biokataliz deb atashni taklif etgan. Karotinning fizologik faolligi jihatdan A vitaminga yaqinligini topgan (1928). Biokimyoviy shishlarni oĘ»rganishga katga hissa qoĘ»shgan.Â
Hans von Euler-Chelpin Arthur Harden bilan hamkorlikda 1929-yilda Nobel mukofoti lauriati.
@maktabda_kimyo