Kimyogar olimlar

Kimyogar olimlar

@maktabda_kimyo


Frederick Soddy (1877-1956)


Kimyo yo'nalishi bo'yicha tarixda 18-xalqaro Nobel mukofoti sovrindori:👇


Frederick Soddy

Frederick Soddy (talaffuzi: Frederik Soddi) (1877-1956)-ingliz radiokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1910 yildan). Oksford universitetini tugatgan (1898). 1900-02 yilda Monrealdagi MakGill universitetida Ernest Rezerford bilan, 1903-04 yillarda London universitetida U. Ramzay bilan ishlagan. Glazgo universitetida dars bergan (1904-14), Aberdin (1914-19) va Oksford (1919-36) universitetlarida professor Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford bilan hamkorlikda toriyX (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanatsiya (220Rn va 222Rn)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radioaktiv parchalanish nazariyasi asoslarini ishlab chikdi (1902), "yarim yemirilish davri" tushunchasini fanga kiritdi. William Ramsay bilan hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil boʻlishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bogʻliq boʻlmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mukofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral (soddi) nomlangan.


@maktabda_kimyo

Report Page