Kimyogar olimlar
@maktanda_kimyoKimyo yo'nalishi bo'yicha tarixda 8-xalqaro Nobel mukofoti sovrindori:

Ernest Rutherford
Ernest Rutherford (talaffuzi: Ernest Rezerford (1871-1937) — ingliz fizigi, kelib chiqishi Yangi Zelandiyalik.
Yadroviy fizikaning «otasi» sifatida tanilgan, atomning planetar modelini yaratgan. 1908-yilda Kimyo boʻyicha Nobel mukofotisovrindori boʻlgan.
REZERFORD (Rutherford) Ernest (1871.30.8, Braytuoter, Yangi Zelandiya — 1937.19.10, Kembrij) — ingliz fizigi; radioaktivlik va atomning tuzilishi toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1903 yildan). R. 1907— 19 yillar Manchester, 1919 yildan Kembrij universiteti professor va bir vaqtning oʻzida Kavendish laboratoriya direktori. R. 1903 yilda F. Soddi bilan birgalikda radioaktiv yemirilish nazariyasini yaratdi va bir element atomining boshka element atomiga aylanishini isbotlab berdi. 1911 yilda atomning Quyosh sistemasiga oʻxshash planetar modelini yaratdi. Shu modelga asoslanib 1913 yilda N Bor atom tuzilishining kvant nazariyasini va spektrlar nazariyasini yaratdi. 1919 yilda azotni kislorodga aylantirgan birinchi sunʼiy yadro reaksiyasini amalga oshirdi; bu bilan hozirgi zamon yadro fizikasiga asos soldi. Shu vaqtdan boshlab R. atom yadrolarini tezkor zarralar taʼsirida sunʼiy yoʻl bilan oʻzgartirish masalalari bilan shugʻullana boshladi. 1921-yilda u neytral zarralar-neytronlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi fikrni oʻrtaga tashladi. 1932 yilda R.ning shogirdi J. Chedvik neytroni kashf qildi.
R. koʻpgina fiziklar (G. Mozli, J. Chedvik, J.D. Kokroft, M.L. E.Olifant, N. Bor, X. Geyger, O. Gan, P.L.AGyapitsa va boshqalar)ni tarbiyalab yetishtirdi. 1908-yilda Nobel mukofoti laureati.
@maktabda_kimyo