Kichik biznesdagi ikki omad kalitlari

Kichik biznesdagi ikki omad kalitlari

Sayyora
- UPS Magazinlari shiori 
@economicsuz


Ushbu sahifada sizga ma'lum qilmoqchi bo'lgan Omad kalitlari aynan The UPS store prezidenti, Tim Davis, tomonidan tahlil qilindi. Umid qilamizki, bu kalitlar siz uchun ham omad eshiklarini ocha oladi!


Tim Davis:

Kichik biznesdagi faoliyatim davomida, ko'plab insonlar omadga erishish uchun inson Aqlli bo'lishi kerak deb hisoblashadi. To'g'ri, Aql miyaning to'g'ri va aniq qaror qabul qilishiga imkon beradi, ammo, yana ikki tana a'zosi borki, ular ham bu ishda muhim rol o'ynaydi.

Bular:

1. Sizning ichki dunyo(qorin)ingiz

2. Sizning quloqlaringiz


Hayratlanmang!!! Chunki, Ular rostan ham muhim A'zolardir, ayniqsa kichik Biznes egasi bo'lsangiz.

Birinchidan, ichingizda olov yonmas ekan, ishtiyoq ham topishingiz amri mahol. Agar sizda mavjud muammolarni, kamchilliklarni yo'qotishga, zerikganingizda, yoki tushkunlikka tushganingizda qaytatdan ilhomlanishga va ish boshlashga ISHTIYOQ va G'AYRAT topa olmas ekansiz, bu yo'lni(kichik Biznes) bosib o'tish uchun jasorat ham yetmasligi aniq. Tadbirkor doimo jasoratli, ishtiyoqli va g'ayratli bo'lishi kerak. 


Ikkinchidan, eshitish qobiliyatisiz, o'z shaxsiy biznesingizni yo'lga qo'ya olmaysiz. Haridorlaringiz siz bilishingiz kerak bo'ladiga ko'plab ma'lumotlarni, gaplarni aytadi. Ha, siz doimo muloqotda bo'lishingiz kerak. Ammo, gapirishdan ko'ra eshitish muhimroqdir. Masalan, xaridorlarning shikoyatlarini, yoki takliflarini eshitib, mulohaza qilib, biznesingizni yanada rivojlantira olasiz.


The UPS store prezidenti sifatida bu qobiliyatlar kundalik hayotda qanchalar muhim ekaniga guvoh bo'lganman. To'g'ri, bu qobiliyatlar siz kutgandek: marketing, management yoki IT sohasidagi bilimlar bo'lmasligi mumkin, ammo yuqoridagilar biznesda yetarli o'rniga ega.


Masalan, U.S PIZZA Co. rahbari Judy Waller ham Ana shunday qobiliyatlari bilan omadga erisha oldi. Bu Biznes dastlab bir necha stollar bilan boshlamganiga qaramay, Judy doimo o'rganishdan izlanishdan to'xtamas edi. Uning ichi doimo yonar, u o'smirligiga qaramay rivojlanishga harakat qoldi. 

Judy juda e'tiborli edi. O'z xaridorlarini eshitardi.

Hozirda, Judyning "kichik" biznesi kichkina emas, 10dan ortiq joylarda o'z filiallariga ega. 


Agar siz ham kichik Biznes olamiga kirmoqchi bo'lsangiz, bu ikki a'zo gullab-yashnashingiz uchun ustun bo'ladi!!!


Manba

@economicsuz! Do'stlaringizga ham ulashing!!!!


Report Page