Khan Academy Oʻzbek jamoasidan vakansiyalar

Khan Academy Oʻzbek jamoasidan vakansiyalar

@KhanAcademyUzbek

Jamoamiz sifatni qadrlovchi, oʻz ishini chin dildan bajaradigan mutaxassislarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha izlamoqda:

~ Video montajchi

~ Grafik dizayner

~ Tarjimon

~ Muharrir

~ Suxandon


Khan Academy Oʻzbek jamoasi

⬡ Video montajchi

Agar sizning montaj boʻyicha tajribangiz boʻlsa, Adobe Premiere Pro va Adobe After Affects kabi dasturlarda bemalol ishlay olsangiz va oʻzingiz tayyorlagan videolardan portfolio mavjud boʻlsa, bu ish aynan siz uchun.
  • Asosiy talablar:
    - Ijodkorlik;
    - Ilmga chanqoqlik;
    - Oʻz ustida ishlashga boʻlgan intilish;
    - Portfolio.
  • Afzalliklar:
    - Ish uchun haq (kelishilgan holda 😉);
    - Ajoyib jamoa;
    - Masofadan turib ishlash qulayligi (*ofisga kelib ishlamoqchi boʻlsangiz ham, barcha sharoitlar bor);
    - Taʼlim rivojiga oʻz hissangizni qoʻshish imkoniyati.

Shu joyigacha oʻqigan boʻlsangiz, demak qiziqishingiz jiddiy, hoziroq formaʼni toʻldiring va jamoamiz aʼzosiga aylaning: Ariza topshirish uchun 🔗havola.


⬡ Grafik dizayner

Siz grafik dizaynga qiziqasiz, Art Lebedev studiyasida chiqqan har bir dizaynga oʻzingizni tanqidiy nuqtayi nazaringizni bildirib rosa jigʻibiyron boʻlasiz (hazil😉) Adobe Photoshop, Adobe XD yoki Adobe Illustrator kabi dasturlarini yaxshi bilasiz va boy portfolioʼngiz bor. Mantiqiy fikrlashingizga gap yoʻq boʻlsa, unda ushbu vakansiya aynan siz uchun.

~ Biz dizaynerlarga erkinlik beramiz, hech qanday talablar yoʻq, asosiysi mantiq!

Koʻp ham oʻylanib oʻtirmang, hoziroq ariza topshiring: Ariza topshirish uchun 🔗havola.


⬡ Tarjimon

Rus tili va ingliz tilida yozilgan maqola va boshqa turdagi matnlarni oʻzbek tiliga hech qanday muammolarsiz tarjima qiladigan tarjimonlarni biz bilan hamkorlikka chaqiramiz va yosh tarjimonlarni koʻngilli sifatida ishga qabul qilamiz.
  • Afzalliklar:
    - tarjima uchun haq (1000 ta soʻz uchun 20 000 soʻm + bonuslar😍);
    - masofadan turib ishlash imkoniyati;
    - ajoyib jamoa;
    - taʼlim rivojiga hissa qoʻshish imkoniyati.

Sizda oz boʻlsa ham qiziqish uygʻota olgan boʻlsak, 🔗ushbu formaʼni toʻldirib chiqing (formada tarjima qilinishi kerak boʻlgan joyi bor, lugʻatlaringizni oldindan tayyorlab qoʻying 😉)


⬡ Muharrir

Yuqoridagi tarjimalarni endi tahrirlab chiqish kerak :) Agar siz tarjimalarning maʼno, punktuatsiya, grammatika va stilistika jihatlari boʻyicha obyektiv tarzda (foydalanuvchi uchun qulaylikni taʼminlagan holda) tahrir qila olsangiz bizga qoʻshiling!
  • Talablar:
    - Oʻzbek tilini mukammal va ingliz tilini (hech boʻlmasa) oʻrta darajada bilish;
    - Oʻzbek tilidagi dars mashgʻulotlari matnlarini aniq, tushunarli va usluban toʻgʻri tahrirlay olish hamda umumiy tuzulishini qiziqarli qura olish;
    - Yashash joyi ahamiyatli emas, muhimi – masofadan ishlay olish;
    - Yosh: 21+.

Ariza topshirish uchun 🔗havola.


⬡ Suxandon

Agar siz suxandonlikka qiziqsangiz va ovozim Oʻzbekiston teleradio kompaniyasi suxandonlarnikidan qolishmaydi deyayotgan boʻlsangiz bizga yozing.

Istalgan matnni namunali, ravon oʻqiy oladigan va chiroyli ovozga ega boʻlgan barchani loyihaga chorlab qolamiz. Ariza topshirish uchun 🔗havola.




🌍 Saytimiz: xanakademiyasi.uz

📱 Bizning Telegram

📱 Bizning Facebook

📱 Bizning Instagram

📩 Bogʻlanish uchun: Admin



Report Page