Khan Academy - bu qanday boshlangan ?

Khan Academy - bu qanday boshlangan ?

Abdufattoh

Khan Academy - 2008 yilda Salman Khan tomonidan tashkil etilgan hech qanday moliyaviy foyda keltirmaydigan ta'lim tashkiloti.Tashkilotning asosiy maqsadi jahon standartlaridagi ta'limni hammaga, har qayerda eng muhimi bepul o'rgatish, bilim ulashish.


Online materiallar ko'plab mavzulardan tashkil topgan bo'lib xususan matematika, tarix, inglis tili, san'at va shunga o'xshash ko'plab video darslardan tashkil topgan.


Bunga qo'shimcha qilgan holda shuni aytish mumkinki online materiallar dunyoni eng ko'p muloqot uchun ishlatiladigan tillariga ham tarjima qilinadi.


Bu qanday boshlangan ?

Khan Academy aytib o'tganimizdek Salman Khan tomonidan asos solingan.U New Orleans, Louisiana, amerikada tug'ildi va ulg'aydi.Onasi Calcuttadada, Hindiston va otasi Bangladeshdan bo'lgan.U Harvard va MIT(Massauchets Institute of Technology) da analyst tahlilchi bo'lib o'qigan.


2004 - yil avgust oyida, Sal Khan o'zining jiyanini masofadan turib o'qitishni boshladi. U Nadiani telefon qo'ng'iroqlarida va Yahoo Doodle da ishdan so'ng matematikadan dars berishni boshladi.Nadiani matematika fanidagi bilimi oshayotgandan so'ng, u Sal uni ukalariga ham ta'lim berishni boshlaydi.Va bu gap barcha qarindoshlari orasida tarqaladi va u ko'plab qarindoshlariga dars berishni boshlaydi.Sekin sekinlik bilan unda vaqt muammosi haqiqiy muammo bo'la boshlaydi va Sal 2006 yildan boshlab darslarni yozib Youtube ga joylashtirishni boshlaydi.Ko'plab o'quvchilar qiziqishiga tushgandan so'ng u video darslar qilishni davom ettiradi.Lekin keyinchalik o'ylab qoladi-ki Youtube matematika ni targ'ib etish ta'lim berish uchun qulay joy emasligi o'ylab qoladi.


2009 yildan boshlab u o'z ishini tashlab to'liq Khan Academy ni yurgazishni boshlaydi.Khan Academy bepul darslarni targ'ib etayotgani uchun u 9 oyda o'z pullarini tugatadi lekin bilim ulashish eng savobli va hayrli ishlardan bo'lgani uchun u bu ishlari uchun taqdirlanishni boshladi.9 oyda pullari tugagandan so'ng uni Ann Doerr qo'llab-quvvatlashni boshladi.Sal keyinroq 2010 yil Sentabr oyida Google unda $2 million dollar ajratdi, va sal keyinroq esa Bill va Melinda Gates Foundation unga $1.5 million dollar ajratishdi va bu pullar orqali u o'zini tashkilotini qurishni yanada rivojlantirishni boshladi.


Boshida hobby uchun boshlangan ish yakunda shunday bir katta tashkilot bilan yakunlanganligi odamni xursand qiladi.Khan Academyda barcha darslar bepul va aytish joizki hozirda u millionlab o'qishga sharoiti bo'lmagan insonlarga foyda keltirmoqda!

Report Page