Kenjayeva Shahnoza, TTA 2-bosqich talabasi

Kenjayeva Shahnoza, TTA 2-bosqich talabasi


Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Men Kenjayeva Shaxnoza 2-bosqich talabasiman, shuningdek, Tibosfera tibbiyot maktabining 124-guruh o’quvchisiman


Reja:

  • Tibosferagacha dastlabki qadamlar
  • Tibosferadan so’ng
  • Shaxsiy fikrlarim


Tibosfera - bu shunchaki o’quv kursi emas, u hayot tarzidir

 

1. Tibosferagacha

Men o’z hayotimni yong’in ketgan bir o’rmonga o’xshataman. O’rmonda avval daraxtlar va hokazo turli o’simliklar bo’ladi, unga yong’in ketishi natijasida yangidan yangi o’simliklar, necha ming yillardan so’ng quyuq bir o’rmon shakllanadi.


Men abituriyentlik vaqtimda tibbiyot sohasiga deyarli qiziqmas edim. Hozirgi dunyoqarashim bilan fikrlasam ilmni ham to’g’ri ololmaganman. Abituriyentlik vaqtimda hammadan birinchi bo’lsam, doim oliy o’rinlarni olsam deb harakat qilardim. Qilayotgan, bajarayotgan ibodatlarim ham noto’g’ri niyatlar ostida shakllangan va o’sha vaqtda oliy maqsadim o’qishga kirish bo’lgan.

Vanihoyat, o’qishga ham deyarli birinchilardan bo’lib kirdim. Institutda darslar ham boshlandi, afsuski o’qishga kirgandan so’ng meni olgan balim-u, o’qishga qancha vaqt tayyorlanganimni, qaysi fandan nechta ishlaganimni hech kimga qizig’i ham bo’lmas ekan. Institutda o’qishim ham kundan kunga xuddiki maktabda o’qishga o’xshab yengil-yelpi bo’layotgan edi. Aslida esa men buni sira ham xohlamas edim. Ich-ichimdan “axir men tibbiyot xodimi bo’lib yetishaman, mening vazifam insonlarni to’g’ri davolash” degan hislar o’tardi. Lekin xohlasamda o’zimni umuman o’zgartirolmas edim. Darslarga faqatgina baho olish uchun borardim, yaxshi javob berardim-u, lekin to’liq tushuncha hosil qilolmas edim. Oradan qanchadir vaqt o’tgandan so’ng bir ikki ko’z yugurtirib o’qib olgan bilimlarim esimdan chiqib ketar, kimdir so’rasa oddiy bir savolga ham javob berolmaydigan darajaga borib qolardim.


Kursdoshlarim orasida o’qiganlarini tezda tushunib oladiganlar, darslarda yaqqol ko’zga tashlanadiganlar bor edi. Men ulardan buning sababini so’radim va bilsamki ular Tibosferaga qatnashishar ekan) Qanchadir vaqt bu kurs haqida ma’lumotlar to’play boshladim, ijtimoiy tarmoqlardan Tibosfera kanallariga qo’shilib oldim. Elyorbek ustozimizning har bir yozgan postlarini o’qib chiqardim. Kundan kunga menda bu kursga qo’shilish istagi paydo bo’laverar edi. To’g’risini aytsam, hayotim davomida ustozimizdek tartibli va dinida qoyim bo’ladiganlarni ko’rmagan edim. Natijada ustozimizga nisbatan hurmat va qabuliyat shakllandi, ko’nglim shu kursning kanallaridan postlar va ma’lumotlar o’qisam taskin topadigan bo’lib qoldi, alhamdulillah.


Allohga shukrlar bo’lsin, men uchun bu kursga qo’shilish dekabr oyiga nasib qilgan ekan…)  Bu kursga qo’shilishim mening hayotimdagi katta bir yong’in edi va men o’zimni va o’zligimni faqat shu kursdagina topa oldim deb qo’rqmasdan ayta olaman. Bu kursni tashkil qilganlardan va butun ummatning kelajagini o’ylagan insonlardan Alloh rozi bo’lsin va qiyomatda ulkan ajrlar ila siylasin.

 

2. Tibosferadan so’ng

 

Tibosfera kursiga qo’shilganimdan so’ng menda misoli qayta bir yangi o’rmon shakllangandek bo’ldi. Kursga qo’shilganimdan so’ng kundan kunga himmatim osha boshladi. Ilmni to’g’ri hosil qilishni boshladim. Yuqoridagi Hazrat Navoiyning misralari qalbimda o’t yoqdi. Biz ongli insonlar bu hayotda lola urug’icha g’ayratli, ipak qurticha himmatli bo’lishimiz kerakligini anglab yetdim.

Institutga kirish uchun kursga borganimiz singari, yaxshi shifokor bo’lish uchun ham kursga qatnashish kerak ekan. Bu kurs xususan menda boshimni qaysi devorga urishni bilmay, esankirab yurgan birinchi kurslik vaqtimda to’g’ri yo’l va to’g’ri tanlov bo’ldi deb hisoblayman. Kursga qatnashish davomida ba’zi yomon holatlarga ham duchor bo’ldim. Institutda ustozlarimizning bu kurslarni tan olmasliklari menga hecham yoqmas edi. Ular “avvallari biz hech bir kursga qatnashmas edik, hozir zamon rivojlanib bormoqda, internet davri, har kim ijtimoiy tarmoqlarga chiqvolib o’zlaricha mavzularni tushuntirib berishmoqda” degan gaplari inson dilini xira qilar edi. Lekin bizga o’xshab Tibosfera kursiga qatnashib yurgan talabalarning so’zlari xuddi ustozimiz o’ylagandek chiqar va ora-orada bizni maqtab ham qo’yishardi). Bunday iliqliklar, institutda mavzularda qiynalmasdan javob berishlarimiz, odimlab qadam tashlashimiz bizga esa yoqib tushardi va kursga nisbatan muhabbatimizni yanada oshirardi. Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan bu internetdan ham to’g’ri foydalanish usuli bu kurslarga qatnashishdir. Bizga berilgan har bir ne’matdan so’ralamiz. Vaqtimiz bekor ketmasligi, hayotimizda o’zimizni topishimizda, haqiqiy inson va tibbiyot xodimi bo’lib yetishishimizda Tibosfera ayni muddaodir.

  

 

3. Shaxsiy fikrlarim (kursning afzalliklari)

  • Kursimiz onlayn bo’lishiga qaramay, xuddi oflayndek juda ham samarali, vaqtimiz yo’lga sarflanmaydi, qiyinchilik tug’dirmaydi
  • Kursimiz tongda boshlanishi kunimizni yanada barakali qiladi, namozlarimizni, ibodatlarimizni ado qilishimiz uchun ham juda qulay (bomdodni umuman qazo qilmaysiz:)
  • Erta tongdan qiladigan navbatchiligimiz do’stlarimizga nisbatan iliqlikni, o’zimiz tengi insonlar bilan birga o’qish esa jamoa bo’lib ishlashni, raqobat birinchi o’rinda emasligini uqtiradi
  • Tongimiz ustozlarimiz duolari ila boshlanadi va kun davomida bizga madad bo’ladi, hattoki ustozlarimiz bizga ota-onamiz uchun mehr-oqibatli bo’lishni ham o’rgatishadi. Kunimiz boshlanishida ota-onamizga qo’ng’iroq qilib, hol-ahvol so’rab, duolarini olamiz, bu bizda ilm hosil qilishimizda, qiyomatda mavqeyimizni oliy qilishda manfaatli bo’ladi
  • Bizga berilgan materiallar juda mahorat ila yozilgan, chet el darsliklaridan tarjima asosida tayyorlangan. Bizni til o’rganib vaqt sarflashimizga hojat qoldirmaydi. Hattoki bu konspektlarni, materiallarni ko’rgan inson kelajakda hech kim qiynalmasligiga shubha ham qoldirmaydi, chunki konspektlar o’ta tartibli yozilgan, yozuvga keladigan bo’lsak gap yo’q. “Ilm olish sirlari” asarida ham ilm hosil qilish uchun, ummatga foyda tegish uchun yozuvingiz chiroyli bo’lsin deyilgan. Elyorbek ustozimizda ham xuddi shu xususiyat shakllangan)
  • Kursda tibbiyotdan tashqari, odamiylikni ham o’rganamiz. Ilm olishimiz, maqsadimiz avvalo Alloh roziligi uchunligini anglab yetmagan o’quvchi qolmagan bo’lsa kerak
  • Kursda “Ustoz-shogird” an’analariga juda katta ahamiyat berilgan, bu faqatgina bizning foydamiz uchun ishlaydi. Qur’on o’qishni ham ustozdan o’rganilganidek, ustoz bo’lsagina boshqa ilmlarni ham mukammal egallay olamiz. Ustozimiz haqqiga duo qilamiz, ustozimiz esa bizning haqqimizga duo qiladilar. Bu esa bizning ilmlarimizni yanada ziyoda qiladi
  • Kursda to’g’ri do’st tanlashni ham o’rganamiz, kursdoshlarimiz bilan oila a’zolaridek bo’lib ketamiz, ular ham bizning, biz esa ularning haqlariga duoda bo’lamiz
  • Hafta davomida bizga reyting chiqariladi, kun davomida, hafta davomida o’zimizni sarhisob qilishimiz uchun juda katta asqotadi. Yuqori reytingda turgan do’stlarimiz barchamiz uchun o’rnak bo’ladi va ularga nisbatan havas tuyg’usini shakllantirishimizda muhim rol o’ynaydi
  • Oyning oxirida qilinadigan imtihonlar bilimimizni baholaydi, mavzularimizni takrorlashimiz uchun stimul bo’lib xizmat qiladi. O’qib yurgan mavzularimizni takrorlayversak bu ilm bizning butun umrimiz davomida foyda beradi


Bu kursni tark qilgan inson ko’nglida g’ashlik bilan yurishi tayin. Orada sog’ligim tufayli kursdan chiqish holatlari o’zimda ham bo’ldi. Lekin Tibosfera doim inson qalbida qoladigan bo’lib muhrlanar ekan. Tibosferaga nisbatan bo’lgan muhabbatim tufayli bu kursga yana qayta qo’shildim, Alloh taologa bitmas tuganmas hamd-u sanolar bo’lsin. Bu kurs haqida yozar ekanman, kursimizga nisbatan muhabbatim yanada oshdi. Yozganlarim taqrizimni o’qigan insonlar uchun manfaatli bo’ladi degan umiddaman. Bu kurs hali ko’plab insonlarni yaxshi inson, yaxshi shifokor, yaxshi ummat bo’lib yetishib chiqishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Barchamizni Alloh yo’lida ilm olishdan to’xtatmasin, charchatib qo’ymasin!


Report Page