Kelajakda katta talab uygʻotadigan, matematika bilan bogʻliq 5 ta kasb

Kelajakda katta talab uygʻotadigan, matematika bilan bogʻliq 5 ta kasb


⚛ Kelajakda katta talab uygʻotadigan, matematika bilan bogʻliq 5 ta kasb

1⃣ Urbanist-ekolog

Ekologik texnologiyalarga asoslangan yangi shaharlarni loyihalashtiradigan mutaxassis. Malayziya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlarida yuqori texnologiyali yashil shaharlar loyihalashtirilib qurilmoqda.


2⃣ Biotexnolog

Yangi energiya manbalarini, organik elektronika, biologik parchalanadigan materiallarni izlash va rivojlantirish boʻyicha mutaxassis. Biotexnolog energetiklar bilan bioyoqilgʻi yaratish yoki shifokorlar bilan aʼzo koʻchirib oʻtkazish uchun materiallarni ishlab chiqish, ochlikdan aziyat chekayotgan davlatlar uchun mahsulotlar yaratilishi va Yerd yuzasidagi chiqindilarni kamaytirish yoʻllarini izlaydi.


3⃣ IT-shifokor

Hozir tibbiyotda katta oʻzgarishlar roʻy bermoqda: olimlar katta hajmdagi maʼlumotlarni onlayn toʻplashlari va tahlil qilishlari mumkin. IT-shifokor – axborot texnologiyalarini yaxshi biladigan mutaxassis: u fiziologik maʼlumotlar bazalarini yaratadi va boshqaradi, shuningdek, tibbiy va diagnostika uskunalari uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqadi.


4⃣ Virtual dunyo dizayneri

Bu ish, oʻqish va dam olish uchun maxsus virtual olamlarni loyihalashtirgan mutaxassis. U foydalanuvchining biologik va psixologik parametrlarini hisobga olgan holda dasturiy ta'minot va uskunalarni ishlab chiqadi. Bunday virtual olamlar oʻyinlarda bor, ammo ular taʼlim va mehnat faoliyatigacha kengayib borishi ehtimoli bor.


5⃣ Uchuvchisiz uchadigan uskunalar loyihalovchisi

Yana bir axborot texnologiyalari mutaxassisi uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish uchun dasturiy taʼminotni yaratadi. Shuningdek, u navigatsiyadan tortib, ushbu qurilmalarning xavfsizligiga qadar barcha tizimlarni dasturlash va ishlatish uchun javobgardir.


Koʻrib turganingizdek, barcha kasblarda matematika katta oʻrin tutadi. Khan Academy Oʻzbekda matematika va dasturlashni bepul oʻrganing.


🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.

Report Page