"Kelajak liderlari" Klubi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali qoshida haqiqiy lider yoshlar va yosh davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Kelajak liderlari" klubi faoliyati yoʼlga qoʼyilmoqda! Klub faoliyatini yo'lga qo'yishdan asosiy maqsad davlat fuqorolik xizmati uchun Yangi avlod kadrlarni tayyorlashdir.
Bu loyiha 20 yoshdan 35 yoshdagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari, davlat organlari va tashkilotlaridagi yosh davlat xizmatchilar uchun mo'ljallangan.
Viloyatning har bir hududidan 50 nafar faol yoshlar a'zolikka qabul qilinadi.
Klub aʼzoligi uchun hujjat topshirgan nomzodlar 4 bosqichli ochiq tanlov orqali saralanadi:
1-bosqich Hujjatlar koʼrib chiqiladi
2-bosqich Test sinovlari ("Kelajak liderlari" platformasida test topshiriladi, 56 va undan yuqori ball olgan nomzodlar keyingi bosqichga oʼtkaziladi)
3-bosqich Yozma insho
4-bosqich Suhbat
Klub a'zosi bo'lganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishlari mumkun:
-Davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, xorijiy davlatlarda stajirovka o'tash;
-Klubdagi faolligi natijasida to'plangan ballarni imtiyozlarga almashtirish tizimi;
-Rahbarlik lavozimlariga zaxiraga kiritish;
-Har yili klubning 10 nafar faol a'zosiga Davlat boshqaruv akademiyasida o'qishi uchun tavsiya berish;
-Davlat xizmatini keng tanishtirib borish maqsadida vazirlik va idoralarga sayohat, ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish;
-Klubning faol a'zolarini davlat mukofotlariga tavsiya etish.