Kelajak kasblari loyihasida qatnashish shartlari

Kelajak kasblari loyihasida qatnashish shartlari

Registan Learning Center

⚡️ “Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida subsidiya ajratadi.

“Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarga ushbu imkoniyat taqdim etiladigan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori asosida har bir yosh uchun 6 oygacha muddatda, har oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.

Yoshlarning zamonaviy o‘quv markazlarida o‘qishini, kurslarni yakunlagandan so‘ng hayotda o‘z o‘rinlarini mustahkamlashi uchun Prezidentimiz tashabbuslari bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ushbu loyiha yo‘lga qo‘yilgan.

📊 Bugungi kunga qadar 13 mingga yaqin yoshlarga loyiha doirasida subsidiyalar ajratilib, ularning ta’lim olishiga ko‘maklashilmoqda. Yoshlarimiz 10 ga yaqin xorijiy til va 30 dan ortiq zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalarini bugungi kunda o‘rganishmoqda.


❗️ Quyidagi toifalarga kiruvchi yoshlarga subsidiya ajratiladi:

1. Kam ta'minlangan oila farzandi

2. Ishsiz yosh

3. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs

4. “Mexribonlik uyi”, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh

5. Temir daftardagi oila farzandlari

6. Yetim (chin, yarim, ijtimoiy)

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan

8. 1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh

9. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan yosh

10. Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi



📋 Subsidiya ajratilish tartibi quyidagicha:

1. “Yoshlar daftari” ga kiritilgan kun Vasiylik kengashiga ta'lim tashkiloti bilan tuzilgan shartoma bilan murojaat qilinadi.

2. Murojaat 3 ish kunida mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboriladi.

3. Yoshlar yetakchisi Vasiylik kengashiga 5 ish kuni ichida o'z xulosalarini taqdim etadi.

4. Vasiylik kengashi tasdiqlagandan so‘ng 3 ish kuni ichida ta'lim tashkiloti yoki o'quv markaziga to'lov amalga oshiriladi.

5. Har oyda kamida bir marotaba yoshning ta'lim olayotganligi monitoring qilinadi.


“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olish uchun subsidiyalar ajratiladi:

👨‍💻 1-Dasturlash (Frontend, backend, javascript, python, web full stack va h.k)

2-Dizayn (grafik, web, interyer)

3-Arxitektura, animatsiya (3D max, AvtoCad, 3D modelling, 3D animator)

4-Marketing (SMM, raqamli marketing, video montaj ustasi, tasvirchi)

5-Zamonaviy kasblar (Sotuv menejeri, logistika dispetcheri, mehmonxona menejeri va h.k )

🇨🇳 6-Xitoy tili

7-Ingliz tili (IELTS, CEFR)

8-Ingliz tili (SAT)

9-Koreys tili

10-Yapon tili

11-Ingliz tili (General english)

12-Fransuz tili

13-Rus tili

14-Nemis tili

15-IT uchun ingliz tili (IT English)


📊 “Kelajak kasblari” loyihasining birinchi mavsumi doirasida zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun jami 16 394 nafar yoshlar ariza bergan. Berilgan arizalardan 13 425 tasi loyihada ishtirok etish uchun tasdiqlangan.

👤 Shundan xotin-qizlar soni 5 793 nafarni tashkil etadi. “Kelajak kasblari” loyihasida ishtirok etish uchun tasdiqlanganlar orasidan 1 028 nafari oʻz arizasiga koʻra loyihada ishtirok etishni rad etgan.


Quyidagi tugmalarning biridan foydalanib, “Kelajak kasblari” loyihasiga ariza topshirish uchun maxsus sahifaga o‘tishingiz mumkin. 👇


Kelajak kasblari loyihasi doirasida "Registon" o'quv markazining ushbu filiallarida yoshlar bepul tahsil olishlari mumkin:


1. Sergeli

2. Farg'ona 

3. Andijon

4. Rishton 

5. Samarqand 

6. Jizzax

7. Urganch

8. Navoiy

9. Qarshi

10. Kitob

11. Olmazor 

12. Yakkasaroy 

13. Mega

14. Sayram

15. Universam

16. Uchtepa

17. Shahriston

18. Sampi

19. Qoratosh

20. Chilonzor

21. Namangan

Report Page