"Kelajak kasblari" loyihasi va ID-raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

"Kelajak kasblari" loyihasi va ID-raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

Najot Ta'lim PR

⚡️ “Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida subsidiya ajratadi.

Grant yutgan o'quvchilarga tanlagan yo'nalishiga qarab, 6 oygacha bo'lgan muddatda "Kelajak kasblari" boʻyicha belgilangan mablagʻ ajratiladi.

❗️ Quyidagi toifalarga kiruvchi yoshlarga subsidiya ajratiladi:

1. Kam ta'minlangan oila farzandi

2. Ishsiz yosh

3. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs

4. “Mexribonlik uyi”, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh

5. Temir daftardagi oila farzandlari

6. Yetim (chin, yarim, ijtimoiy)

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan

8. 1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh

9. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan yosh

10. Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi

Quyida ariza topshirish va ID-raqam olish tartibini ko'rib chiqamiz:

1. Ariza qoldirish va ID-raqam olish yoshlardaftari.uz patformasi yoki qisqa 1093 raqami orqali amalga oshiriladi. 

2. Dastlab, o'zingiz haqingizdagi shaxsiy ma'lumotlar boshqa kerakli bo'limlarni to'ldirasiz.

3. So'ng loyiha orqali o'qimoqchi bo'lgan yo'nalishingiz va o'zingiz uchun qulay bo'lgan «Najot Ta'lim»ning Toshkent yoki Farg'onadagi filiallaridan birining manzilni hamda sohangizni belgilaysiz. 

4. Ariza topshirish yakunida sizga ID-raqam beriladi va arizangiz ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi. Sizga berilgan ID-raqamni saqlab qo'yishingiz va «Najot Ta'lim»dagi imtihon uchun ro'yxatdan o'tish havolasida kiritishingiz kerak bo'ladi. 

❗️ Muhim eslatma: Yoshlar daftari orqali ID-raqam olmagan nomzodlar kirish sinovlarida qatnasha olmaydi.


«Najot Ta'lim» nomzodlarni kirish imtihoni orqali saralab oladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar bilan 6 oy davomida grantda o'qish uchun shartnoma tuziladi.


👉 Kirish imtihoniga ro'yxatdan o'tish




Report Page