"Kelajak kasblari" loyihasi haqida va ID raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

"Kelajak kasblari" loyihasi haqida va ID raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

Najot Ta'lim

⚡️ “Kelajak kasblari” loyihasi bo'yicha yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Grant yutgan o'quvchilarga tanlagan yo'nalishiga qarab, 1 yilgacha bo'lgan muddatda "Kelajak kasblari" boʻyicha belgilangan mablagʻ ajratiladi.

❗️ Quyidagi toifalarga kiruvchi yoshlarga subsidiya ajratiladi:

1. Kam ta'minlangan oila farzandi

2. Ishsiz yosh

3. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs

4. “Mehribonlik uyi”, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh

5. Temir daftardagi oila farzandlari

6. Yetim (chin, yarim, ijtimoiy)

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan

8. 1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh

9. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan yosh

10. Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi

Quyida ariza topshirish va ID raqam olish tartibini ko'rib chiqamiz:

1. Ariza qoldirish va ID raqam olish yoshlardaftari.uz patformasi yoki qisqa 1093 raqami orqali amalga oshiriladi. 

2. Dastlab, o'zingiz haqingizdagi shaxsiy ma'lumotlar boshqa kerakli bo'limlarni to'ldirasiz.

3. So'ng loyiha orqali o'qimoqchi bo'lgan yo'nalishingiz va o'zingiz uchun qulay bo'lgan «Najot Ta'lim»ning Toshkent yoki Urganchdagi filiallaridan birining manzilini hamda sohangizni belgilaysiz. 

4. Ariza topshirish yakunida sizga ID raqam beriladi va arizangiz ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi. Sizga berilgan ID raqamni saqlab qo'yishingiz va Najot Ta'limdagi imtihondan ro'yxatdan o'tish havolasida kiritishingiz kerak bo'ladi. 

❗️ Muhim eslatma: Yoshlar daftari orqali ID raqam olmagan nomzodlar kirish sinovlarida qatnasha olmaydi.


Najot Ta'lim nomzodlarni kirish imtihoni orqali saralab oladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar bilan 1 yilgacha grantda o'qish uchun shartnoma tuziladi.


👉 Kirish imtihoniga ro'yxatdan o'tish



Report Page