“Kelajak kasblari” loyihasi haqida

“Kelajak kasblari” loyihasi haqida

Let's Animate kompyuter grafikasi maktabi

“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida subsidiya ajratadi.

“Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarga ushbu imkoniyat taqdim etiladigan bo‘lib, har bir yosh uchun 6 oygacha muddatda, belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi.


❗️ Quyidagi toifalarga kiruvchi yoshlarga subsidiya ajratiladi:

1. Kam ta'minlangan oila farzandi

2. Ishsiz yosh

3. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs

4. “Mexribonlik uyi”, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh

5. Temir daftardagi oila farzandlari

6. Yetim (chin, yarim, ijtimoiy)

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan

8. 1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh

9. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan yosh

10. Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi


📋 Subsidiya ajratilish tartibi quyidagicha:

1. “Yoshlar daftari” ga kiritilgan kun Vasiylik kengashiga ta'lim tashkiloti bilan tuzilgan shartoma bilan murojaat qilinadi.

2. Murojaat 3 ish kunida mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboriladi.

3. Yoshlar yetakchisi Vasiylik kengashiga 5 ish kuni ichida o'z xulosalarini taqdim etadi.

4. Vasiylik kengashi tasdiqlagandan so‘ng 3 ish kuni ichida ta'lim tashkiloti yoki o'quv markaziga to'lov amalga oshiriladi.

5. Har oyda kamida bir marotaba yoshning ta'lim olayotganligi monitoring qilinadi.


📝 Ariza topshirish

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, quyidagi telegram bot yoki qisqa raqam orqali javob olishingiz mumkin:

🤖 @kelajakkasblari_bot

📞 1093


Instagram: https://www.instagram.com/letsanimateuz/

Telegram: https://t.me/letsanimateuz

YouTubehttps://www.youtube.com/@letsanimateuz

Telefon: +998 78 140 07 00


Report Page