Kecha va bugun
AkmaljonblogAvvallari barchasi boshqacha edi. O'z sohasining mutaxassisi bo'lish uchun, albatta universtitetda tahsil olishi kerak bo'lar edi. Internet olami uncha rivojlanmaganligi sababi kerakli ma'lumotlani qolga kiritishni iloji yo'q edi. Endilikda esa, bugungi kunga kelib insoniyat o'sishi va rivojlanishi uchun talaygina imkoniyatlar mavjud. Zamon o'zgargani kabi yosh avlodralirimiz ham zamonga yarasha o'zgacha, ijodkorlik ila fikr yurita boshlashdi. Bugungi maqolamiz ayni shu mavzu haqida.

Kecha:
- O’qishga kirsam bo’ldi, buyog’iga keyin o'ylab kurarman.
Bugun:
- O’qishga kirdim deb tasavvur qilay, keyin nima qilaman? O’qishni bitirdim deylik, keyinchi?
Kecha:
- O’qishni bitirgandan keyin zo’r joyga ishga kiraman.
Bugun:
- Zo’r ishga kirish uchun, o’qishimni bitirishni kutishim shartmi? Soham buyicha o’z ustimda ishlab, hozirdan bepulga tajriba oshirish maqsadida zo’r ishga kirsam bo’ladiku! O’qishni bitirguncha yaxshigina tajribaga ega bo’laman.
Kecha:
- Bironta universitetga kirsam bo’ldi, keyin u yerda biron bir sohani tanlayman.
Bugun:
- Oldin nimaga qiziqishim, nimani men yaxshiroq, ko’proq va zavqlanib bajaraman, shuni aniqlab keyin shu soha buyicha kerakli universitetga kiraman.
Kecha:
- Universitetda ko’p bilim olaman.
Bugun:
- Universitet bu faqatgina bilim dargohi emas, unda men do’stlar ortirishim, dunyo qarashimni kengaytirishim, omma oldida erkin suhbatlashishim, fikrlarimni qurqmasdan ayta olishim va bundan tashqari yana ko’plab foydali kunikmalarni o’rganishim mumkin!
Kecha:
- Agar diplom olsam, katta maoshga ega bo'laman
Bugun:
- Agar hozirdanoq umumiy reja va jamoa tuzib, o'z soham yo'nalishi bo'yicha hissa qo'shish uchun loyihani ishga tushirsam va qilinadigan ishlarni avtomatlashtirsam, keyinchalik hayotdan lazzatlanib yashashim uchun ko'proq bo'sh vaqt, qo'shimcha daromad va boshqa ish yuritish sohalarini ko'rib, o'rganib va ularni ham rivojlantirish uchun investitsiya kiritish yoki investor yo'llab shu tarzda aktivlarni ko'paytirish tamoyillarini qo'llab boraman. Hozir imkoniyatlar avvalgidan ko'ra ko'proq va barcha urinishlarim samarali o'tishisga ishonaman.
Kecha:
- Institutga kirib uni bitirganimda so'ng, kasbiy malakalarga ega bo'laman. Chunki univer menga eng dolzarb bilimlarni beradi.
Bugun:
- Hozir 21-asr texnologiyalar asri. Ya'ni agarda rus yoki Ingiliz tilini o'qib tushunish va internetdan to'g'ri foydalanishni o'rganib olsam, Internet olamida izlanishlar natijasida, aynan menga kerak bo'lgan kasbda yetuk mutahasisga erishgan insonni izlab topib, uni kurslarini harid qilib, yuqori natijalarga erishaman. Bu esa menga ko'proq mablag' va vaqt tejash uchun eng maqbul yo'l.
Kecha:
- Universitet grantlar va amaliyotlarni taklif qiladi. Bu zo'r.
Bugun:
- Kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lganimdan so'ng, bilimimni oshirish, dunyoqarashimni kengaytirish, chet elga qo'shimcha bilimlarni olish va yetuk darajaga ilk qadamlarimni qo'yish maqsadida o'z sohamda malaka oshirish uchun ishlayman. Hech qachon aqlan va jismonan cheklanib qolmayman, beshikdan to qabrgacham ilm izlayman.
Kecha:
- Universitet maqsadlarni to'g'ri qo'yishga o'rgatadi.
Bugun:
- Aniq kelajakda nima qilishni istashingizni bilib olish uchun, barcha sohalarni analiz qilib o'z kuchingizni, aqlu idrokingizni qo'llashingiz kifoya, ana shunda aynan o'zingiz yoqtirgan kasbni topasiz. Agar hozir aniq bir qarorga kelmasangiz, bu daxilsiz narsaga aylanib qoladi. Natijada esa Univerni bitirganingizda so'ng, o'zingiz yoqtirgan ishni emas, balki xohlamagan ishni qilishingiz kerak bo'ladi. Bu esa, sizning psixologik salomatligingizga sa'lbiy ta'sir o'tkazib, stress, depressiya, kam uyqu, hayotga bo'lgan muhabbatni barbod etadi. Hozirdanoq kim bo'lishingiz va kelajakda nimalar qilishingiz haqida fikr yuritib, shu maqsadga intilishni boshlang. Ertaga kech bo'lishi mumkin. Hayotingiz o'z qo'lingizda, tabassum ila qaror qabul qiling.