Kazuxiro haqida
Doston Kasimoff MD
Shu yilning avgust oyida Yaponiya tibbiyot universiteti(Osaka University) bitiruvchisi bilan tanishdim. Kazuxiro (bu uning ismi), o'z universitetining eng yaxshi bitiruvchisi bo'la turib, AQShga rezidenturaga kirish uchun imtixon topshirishga kelgan.
Men uning qarshisida yarim yildan beri o'tiraman va endi, nima uchun yaponlar ko’p sohalarda bunchalik muvaffaqiyatli ekanligini tushunib yetdim.
Kazuxiro kitob o'qish uchun kutubxonaga soat 8:00 da keladi va soat 23:00 da undan chiqib ketadi. Uning kun tartibida tushlik hamda kechki ovqat uchun ikkita yarim soatlik tanaffus bor xolos. 23:00 dan keyin u 20 daqiqa davomida turib, yuradi hamda katta gimnastik sharda o'tirib mashq qiladi.

O'n oydan beri Kazuxiro hech qanday dam olish kunlari hamda bayramlarsiz yashab kelmoqda. Mening uni qanday yashayotganligi haqidagi savolimga bunday kun tartibiga 5 yoshligidan beri o'rganib qolganini aytdi.
Uning ota-onasi 4 yoshligida o'qishga o'rgatishgan, 5 yoshligida mikroskop sovg'a qilishgan, keyinchalik anatomiyadan bo'yash uchun albom sovg'a qilishgan. Men yoshligimda olmaxonlar hamda quyonchalarni bo'yab yurganimda, Kazuxiro bosh miyadan chiquvchi 12 juft nervlarini bo'yab yurgan ekan.
O'z vatanida eng yaxshi bitiruvchi bo'lib, internaturani yakunlab, Kazuxiro AQShga o'qishini davom ettirish uchun kelibdi. 30 yoshga to'lgan Kazuxiro hayotining 25 yilini tibbiyotga bag'ishlagan. U har kuni kamida 14 soat o'z ustida ishlaydi.
Kazuxironing ota-onasidan meros qilib olgan ongi hamda o'z ustida ko'p ishlagani uchun u misli ko'rinmagan yutuqlarga erishgan.
Bir necha kun avval yaponiyalik do'stimga «youtube» dan bir yurak shovqinini eshittirib ko'rgandim. 15 sekundga qolmay hech qanday kasallik tarixisiz to'g'ri tashxis qo'yishidan tashqari, bemorning taxminiy yoshi, qanday mamlakatdan kelgani, homiladorligi, hamda qattiq ovqatlarni yutganida og'riq his qilishi va qancha oylik olishini aytib berdi.
Logika: eshittirgan audioyozuvimda kichik turtkili diastolik shovqin bor edi – bu mitral stenoz belgisi. Bu kasallik ko'p hollarda 30-40 yoshli ayollarda uchraydi. Yoshlikda o'tkazilgan revmatik isitma(A guruhdagi beta gemolitik streptokokk) ning asorati sifatida mitral klapanni shikastlanishiga olib keladigan asimptomatik miokardit rivojlangan. Ko'pincha bunday kasallik VVPsi kichik bo'lgan davlatlar fuqarolarida uchraydi(sababi tibbiyot yaxshi rivojlanmagan hamda antibiotiklarning hamma turi ham uchramaydi). Shuning uchun ham ayol AQShda shifokor ko'rigiga kelgan bo'lsa, yuqori ehtimol bilan u immigrant hisoblanadi. Kasalxonaga ertaroq kelmagan, demak, ayolda kasallik belgilarsiz kechgan(asimptomatik miokardit). Belgilarni paydo bo'lishiga esa qon oqimining kuchayishi(homiladorlik) sabab bo'lgan. Qon oqimining kuchayishi tufayli gipertrofiyaga uchragan yurak bo'lmachalari esa qizilo'ngachga bosim berib, undan qattiq taomlarning o'tishini qiyinlashtirgan(disfagiya)
Maqola muallifi: The Dark Writer
Maqolani o'qib chiqqanimdan so’ng, Sherlok Xolms qanday dunyoga kelganini tushunib yetdim. Ser Artur Konan Doyl ham shifokor bo'lgan. Sherlok Xolmsga prototip sifatida u o'z hamkasbi Jozeff Bellni asos qilib olgan. Ko'p o'qish orqali ko'p narsaga erishish mumkin.