Kattaqo‘rg‘on shahri hududida noqonuniy qurilishlarni oldini olish borasida shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan press- tur o'tkazildi

Kattaqo‘rg‘on shahri hududida noqonuniy qurilishlarni oldini olish borasida shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan press- tur o'tkazildi

 Axborot xizmati

Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqarolar hamda tadbirkorlar tomonidan bunyodkorlik ishlari shaharsozlik me’yoriy xujjatlari aossida jadallik bilan olib borilmoqda.  Biroq ayrim fuqarolarimiz va tadbirkorlar tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlangan hamda shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bulimi ushbu noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgan. Press tur davomida ishtirokchilarga shahar Qurilish va uy-joy kommunal  xo‘jaligi bulimi boshlig‘i Sherzod Saydiev, OAV vakillari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

     Joriy yilda ham bo‘lim tomonidan 17 ta noqonuniy qurilishlar aniqlangan bo‘lib, shundan 10 tasi bartaraf etilgan, 7 tasi bo‘yicha sudlarga da’vo arizasi kiritilgan: Jumladan: Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qaroriga asosan tegishli ruxsatnoma olmasdan hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazilmay fuqarolar tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasida 6 savdo va maishiy-xizmat ko‘rsatish binosi, Turkiston ko‘chasi 36-manzilda ofis binosi, Ingichka ko‘chasi 2e-manzilda ishlab chiqarish sexi binosi, Maxtumquli ko‘chasida ko‘p qavatli (noturar bino qurilishi) turar-joy binosi qurilish-montaj ishlarini noqonuniy amalga oshirganligi aniqlangan. Ushbu fuqarolar  tegishli tartibda bir necha marotaba ogohlantirilgan hamda inspeksiya tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shu sababli shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan shahar xokimligiga tegishli tartibda murojaat qilinib, yuqorida qayd etilgan fuqarolarning noqonuniy qurilishlarini bartaraf etish yuzasidan xat bilan murojaat qilingan. O‘z navbatida shahar hokimligi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo ma’muriy sudiga da’vo arizalari kiritilgan.

 Bundan tashqari xususiy korxona tomonidan shahar Buxoro va (sobiq M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining shahar hududidan o‘tuvchi 78 km.dan) Qoradaryo ko‘chalari kesishmasi atrofida ishlatilib kelinayotgan yengil konstruksiyali qurilma(bekat bo‘yicha shahar hokimining yer ajratish qarori mavjud emasligi aniqlanib, shahar hokimligi tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilgan.

Bundan tashqari A.Temur MFY, Amir Temur ko‘chasidagi 5-maktabgacha ta’lim muassasasi oldida 3 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy, tegishli shaharsozlik xujjatlari rasmiylashtirmasdan temir garaj o‘rnatib olib, foydalanib kelayotganligi, Qoriravot mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasida 5 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy ayvon qurib olganligi aniqlangan. Holat yuzasidan bo‘lim tomonidan fuqarolarga tegishli ogoxlantirish-yo‘riqnomalar berilib, bugungi kunda bo‘lim nazorati ostida ushbu noqonuniy qurilmalar olinib, bartaraf etilgan.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar Qo‘shhovuz mahallasi, Ingichka ko‘chasida fuqaro T.S. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, imorat qurish uchun tegishli ruxsatnoma olmasdan, arxitektura va qurilish normalariga zid ravishda 85 metr uzunlikdagi beton poydevor va 2 metr balandlikdagi shlakablok devor bilan o‘rab olingan ana shunday noqonuniy qurilma Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluvchi qaroriga ko‘ra buzilgan. Mazkur yer maydoni shahar hokimligi zahirasiga qaytarilgan.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

 

 



Report Page