Kattalarga nisbatan yosh bolalarda kreativlik yuqori bo’lishi sabablari

Kattalarga nisbatan yosh bolalarda kreativlik yuqori bo’lishi sabablari


 Trambolin, cho`pli muzqaymoqlar va quloqchin kabi narsalarni bolalar ixtiro qilganini bilasizmi? 

 5 yoshli bola bilan suhbatlashgan har bir kishi, bolaga nima mumkin yoki mumkin emasligi haqida aytishi mumkin. Bolalarning fikriga ko'ra, hamma narsa mumkin. Bolalikdagi ijodkorlik va tasavvur ko'pincha o'yin, kitoblar va ta'lim orqali rag'batlantiriladi. Bu ijodkorlikdan olingan yakuniy qism diqqatga sazovor yoki mukammal bo'lmasa ham, to'g'ri deb qabul qilinadi. Bolalar o'sib ulg'ayganlarida Yozuv, san'at va boshqa o'yin shakllariga ko'proq qoidalar va chegaralar qo'llaniladi. Shu tariqa ular mumkin va "mumkin emas" larga tayanib kundalik hayotdagi ijtimoiy normalar va qoidalar bilan cheklanadi.

 Bola tasavvuri "muammo" chegarasi bilan to'xtamaydi, ammo ularning qiziqishi faqat ular duch keladigan muammolarni yechadi.


 Ijtimoiy bosim kamligi

 Kichikroq yoshda bolalar turli g'oyalarni "g'alati" deb o'ylamaydilar. Bu ijtimoiy tazyiqlar biz keksaygan sari o'sib boradi va ayniqsa o'smirlik va yoshlik davrida sezilarli bo'ladi. O'zini ifoda etish erkinligi ijtimoiy tazyiqlar tufayli yo`qolib boradi.

 Rad etilishdan qo`rqmaslik

 Rad etilish yoki "farqlilik" dan qo'rqish kishilardagi ijodkorlikni bo'g'ib qo'yishi mumkin. Bolalikda tasavvur bilan birga ochiq fikr bildirishga bo`lgan xohish ham qadrlanadi. Sinfda bolalar o'z fikrlarini aytishga va natijadan qat'i nazar, qo'llaridan kelganini qilishga da'vat etiladi.

Ijodkorlikning asta-sekin yo'qolishini bizning hayotda malaka va tajriba oshirish uchun to'laydigan badalimiz deyish ham mumkin. 


Frontal korteks aybdor!?

 Frontal korteks miyaning kognitiv qobiliyatlari, jumladan muammolarni hal qilish, til va qoidalarga asoslangan xatti-harakatlar uchun mas'ul bo'lgan qismidir. 20 yoshga kirganimizda, frontal korteks ko'proq "ratsional" bo'lib, bizga vaziyatlarni baholash  va qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Ammo buning yon ta'sirida, biz divergent fikrlash qobiliyatini yo'qota boshlaymiz. Xato qilishni esa  jarayonining tabiiy va sog'lom qismi deb emas, balki muvaffaqiyatsizlik deb qabul qilamiz. Aslida esa bu yaratuvchanlik belgisi. Qanchalik ko'p xatoga yo'l qo'ysangiz, shunchalik kutilmagan yechim topasiz.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



 

Report Page