#Kasbiga_sadoqatli_insonlar

#Kasbiga_sadoqatli_insonlar

@bmtu_press

➡️ Bugungi #kasbiga_sadoqatli_insonlar rukni ostidagi sahifa mehmoni – "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJ Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli unitar korxonasi tasarrufidagi Samarqand elektr taʼminoti distantsiyasi ishlab chiqarish va texnika boʼlimi tortish nimstantsiyalari boʼyicha yetakchi muhandisi Oʼralova Barno Komunayevna!


Temiryo’ldagi mehnat faoliyati davri: 27 yil

Mazkur vazifada 2012 yildan buyon ishlamoqda.

Barno Oʼralova korxonaning nufuzini ko’tarishda o’z hissasini doimiy tarzda qo’shib kelmoqda.

U oʻz mehnat faoliyatini 1995 yildan "Oʼzbekiston temir yoʼllari" DАTK Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli Samarqand elektr taʼminoti distantsiyasi Samarqand tuman elektr tarmoqlari boʼlimi elektromontyori vazifasidan boshlagan. 2012 yilga qadar ushbu korxonada Samarqand tuman elektr tarmoqlari boʼlimi elektromontyori, nazoratchi elektromontyori, Samarqand elektr taʼminoti distantsiyasi ishlab chiqarish boʼlimi tortish nimstantsiyasi boʼyicha muhandisi vazifalarida sidqidildan ishlab, fidokorona xizmat qilib kelgan.

Barno Oʼralova mehnatkash, faol va ilgʼor xodim sifatida temir yoʼl transporti salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshib kelmoqda.

Maʼnaviy–axloqiy fazilatlarga ega inson. Mehnat jamoasida tirishqoqligi, tashkilotchiligi va halol mehnati, o’zining mehnatsevarligi, ishiga jiddiy yondashishi, kamtar, kamsuqumligi bilan bilan hurmat eʼtibor qozongan. Jamoada, mahallada oʼtkaziladigan tashkiliy tadbirlarda faol qatnashib keladi.

3 nafar farzandning mehribon onasi.

Report Page