#Kasbiga_sadoqatli_insonlar

#Kasbiga_sadoqatli_insonlar

@bmtu_press

➡️ Bugungi #kasbiga_sadoqatli_insonlar rukni ostidagi sahifa mehmoni – "Oʼzbekiston temir yoʼllari" AJ Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli unitar korxonasi Buxoro temir yoʻl masofasi yoʻl taʼmirlovchisi Xudoyqulov Davlat Ramazonovich!

Mehnat faoliyati davri: 24 yil

Mazkur vazifada 1998 yildan buyon ishlamoqda.

Davlat Xudoyqulov mehnatkash, faol va ilgʻor xodim sifatida temir yoʻl transporti salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

U oʻz mexnat faoliyatini Buxoro temir yoʻl masofasida 1998-yildan yoʻl taʼmirlovchi vazifasidan boshlagan. U oʻzining mehnatsevarligi bilan tartib intizomga, texnika xavfsizligi qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda, oʻz ustida doimiy ravishda ishlab malakasini oshirib tez orada jamoa orasida oʻz mavqeyiga ega boʻldi hamda masʼuliyatli vazifalarda mehnat faoliyatini yuritdi. Rahbarlar tomonidan buyurilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida sidkidildan bajarishi bilan ishlab chikarishda yukori koʻrsatkichlarga erishishda hamda yoʻl xoʻjaligini rivojlantirishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Jamoat ishlarida faol. Kasbdoshlarini har tomonlama qoʻllab quvvatlash borasida hamisha tashabbus koʻrsatmoqda, u malakali va mehnatsevar mutaxassis, toʻgʻrisoʻz va kamtar inson sifatida jamoadoshlari hamda mahalladoshlari orasida katta obroʻga ega

Report Page