#Kasbiga_sadoqatli_insonlar

#Kasbiga_sadoqatli_insonlar

bmtu_press
Axtamova Dilrabo Husenovna

Bugungi #kasbiga_sadoqatli_insonlar rukni ostidagi sahifa mehmoni – "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJ "Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli" unitar korxonasi xodimlar va ijtimoiy masalalar boʼlimi katta noziri Axtamova Dilrabo Husenovna!

Temir yo’ldagi mehnat faoliyati davri: 33 yil
Mazkur vazifada 2021 yildan buyon ishlab kelmoqda 

Temir yoʼldagi ilk mehnat faoliyatini 1990 yilda "Oʼrta Osiyo temir yoʼli" Buxoro boʼlimi boshligʼi kotibasi vazifasida boshlagan sahifamiz mehmoni oʼzining epchilligi, ishiga boʼlgan ishtiyoqi, masʼuliyati sabab rahbariyat nazariga tushdi va unga 1994 yilda "Oʼzbekiston temir yoʼllari" DАK Buxoro boʼlimi xodimlar boʼlimi muhandisi vazifasi topshirildi. 1999 yilda "Oʼzbekiston temir yoʼllari" DАK Buxoro boʼlimi hisobxonasi hisobchisi va 2001 yilda "Oʼzbekiston temir yoʼllari" DАK Buxoro temir yoʼl direksiyasi «Oʼztemiryoʼlhisob» Buxoro boʼlimi Qorovul-Bozor temir yo'l bekati hisobchisi hamda "Oʼzbekiston temir yoʼllari" DАK Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli xodimlar boʼlimi katta noziri kabi turli vazifalarda ishladi.

Bir necha yillik tajribani orttirgan Dilrabo Husenovna 2016 yilda "Oʼzbekiston temir yoʼllari" aksiyadorlik jamiyatining Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli xodimlar boʼlimi yetakchi muhandisi vazifasiga oʼtkazildi. 

 Mehnat faoliyati davrida shogirdlar tayyorladi. Topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, unga bildirilgan ishonchni oqladi, jamoa orasida hurmat-eʼtibor qozondi.

Hozirda 2021 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan "Oʼzbekiston temir yoʼllari" aksiyadorlik jamiyati Buxoro mintaqaviy temir yoʼl uzeli xodimlar boʼlimi katta noziri vazifasida tashabbuskorligi bilan korxonaning faqatgina olgʼa siljishi uchun oʼz hissasini qoʼshib kelayapti.

Turmush oʼrtogʼining ham temiryoʼlchi ekanligi unga yanada kuch bagʼishlaydi.

- Meni tushunadigan, qoʼllab-quvvatlaydigan oilaga kelin boʼlib tushganman, chunki ular ham temiryoʼlchilar oilasi, - deya esladi Dilrabo Husenovna. - Turmush oʼrtogʼim bilan juda ham baxtliman. Oilaviy xotirjamlik bizning ishimizda juda muhim. Har bir ayol baxtga munosib aslida. Baxriddin aka esa menga shu xotirjamlikni bera olgan inson, - deydi u. 

Axtamova Dilrabo Husenovnaga ishlarida zafarlar tilab, yanada ulkan muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz! Kasbiga sadoqatli inson siymosida aynan shu ayolni yaqqol koʼrishimiz mumkin desak, mubolagʼa boʼlmaydi.

Report Page