Karyera kuni

Karyera kuni


Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10-may kuni Termiz muhandislik-texnologiya institutida Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda institutda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Bugungi kunda institutda 26 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul jarayonlari amalga oshirilmoqda. Institutda jami talabalar soni 6981 nafarni tashkil etadi. Shundan 3326 nafari kunduzgi, 3645 nafari sirtqi va 10 nafar talabalar magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

Institutda ish beruvchi korxona va tashkilotlar ro‘yxati, geografik joylashuvi, potensial imkoniyatlari hamda ma’lumotlar banki yaratilgan bo‘lib, oliygoh  bo‘yicha so‘ngi 3 yilda jami 1376 nafar bitiruvchi bitirgan bo‘lsa, joriy yilda kunduzgi ta’lim shaklida 815 nafar, sirtqi ta’lim bo‘yicha 189 nafar hamda 2 nafar talaba magistratura bosqichini bitirishadi.

Institutda tashkil etilgan mehnat yarmarkasida jami 25 ta korxona va 1 ta texnikum va 6 ta kasb-hunar maktablari ishtirok etishdi. Jumladan “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi, Hududiy elektr tarmoqlari AJ Surxondaryo filiali, “Surxon Tekst” MCHJ korxonasi, Norteks Stayl QK, “Amudar Textile” MCHJ korxonasi, Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi, “Termiz neft baza” MCHJ korxonasi, “Termiz Surxon Chinni Zavod” MCHJ, Surxondaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Termiz shahar bo‘limi, “Janub yo‘l loyiha” MCHJ korxonasi, O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti davlat muassasasi Surxondaryo filiali, “Sharg‘unko‘mir” AJ kabi yirik ish beruvchi korxonalar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda korxona faoliyati haqida ma’lumotlar bilan ishtirok etishdi.

Mehnat yarmarkasi reja dastur asosida tashkil qilinib, unda 1000 dan ortiq bakalavr bitiruvchilari ishtirok etishdi. Bugungi mehnat yarmarkasida ushbu tashkilotlardagi vakant ish o‘rinlariga joylashish uchun 248 nafar talabalar bilan mehnat shartnomalarini imzolashdi. Institutda “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan 123 nafar kasb-hunar maktab bitiruvchi o‘quvchilari, shundan Termiz tumani 1-son kasb-hunar maktabidan 25 nafar, Qumqurg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabi 19 nafar, Angor tumani 1-son kasb-hunar maktabi 24 nafar, Jarqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabi 22 nafar, Bandixon tuman 1-son kasb-hunar maktabi 15 nafar, Termiz shahar kasb-hunar maktabidan 18 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Maktab, texnikum o‘quvchilari esa institutning moddiy-texnik bazalari, o‘quv jarayonlari, tikuvchilik ustaxonasi, sport zali, avtomaktabda o‘qish jarayonlari hamda tashkillashtirilgan korxonalarning ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

Shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar bilan institut rahbariyati o‘ratsida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir yakunida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida faol ishtirok etgan korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari institut rektori tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

 


Report Page