Kartoshkali qiymali taom😎

Kartoshkali qiymali taom😎

Sizdan faqat ❤️

✔️ Kerakli masalliqlar: 

✅️5 ta ortacha kartoshka 

✅️2 ta tuxum 

✅️2,5 osh qoshiq un 

✅️Ta’bga ko’ra tuz

✔️Nachinkasiga: 

✅️200 g qiyma go’sht 

✅️1 ta piyoz 

✅️3-4 osh qoshiq manniy  yormasi 

✅️1 ta tuxum 

✅️2-3 osh qoshiq smetana 

✅️1-2 ta pomidor 

✅️Ozgina ko’k piyoz

🔹 ✔️Tayyorlanishi:

Kartoshkalarni qirg’ichdan o’tkazamiz va suvini siqib olamiz. Tuxum, tuz va unni qo’shib aralashtiramiz.

Qizib turgan yoqqa bir necha qoshiq  solib yumoloq qilib yoyib ikki tarafini qizartirib pishirib olamiz.

Qiyma go’shtga qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz, manniy yormasi, tuxum va smetana/qatiq qoshib yaxshilab aralashtiramiz.

Pishirib olgan kartoshkali nonchalarimizning yarim tarafiga videodagidek qilib qiymamizni joylaymiz.

Ustiga yarim doira qilib parraklangan pomidorlar va ko’k piyoz sepib nonchamizning yarmini qayrib ustini yopamiz.

Xohishga ko’ra tepasiga tuxum sarig’i surtib olamiz. 180°li duxovkada 25 daqiqa pishirib olamiz. Mehrli retsept asosidagi kamharj taomimiz tayyor😍😍 


💖Muallif:👩🏻‍🍳🫠vkusna by seva

Report Page