Karpulli shprits
Admin : Ulug'bek Boymurzayev & G'ulomov DavronKarpulli shprits - o'zida korpus, porshen va nina saqlagan, ko'p marotaba qo'llaniladigan moslama hisoblanadi. Bir marotaba qo'llaniladigan analogiga nisbatan bu moslama porshenini orqaga tortish harakati bilan butunlay chiqarib bo'lmaydi, korpusni yon qismidagi chuqurcha karpulani o'rnatishga hizmat qiladi. Karpulaga faqat maxsus, bir tomoni metall qopqoq yordamida va ikkinchi tomoni rezinali tiqin bilan germetik yopilgan , o'zida anestetik saqlovchi ampulani kiritsa bo'ladi.

Qo'llash qoidasi quyidagicha: shpritsga kerakli karpula o'rnatilgandan so'ng, unga 1 marotaba qo'llaniladigan nina burab o'rnatiladi va moslama qo'llash uchun tayyor hisoblanadi. Karpulani o'rnatishda ahamiyat beradigan jihatlaridan biri shundaki, metall qopqog'li tomoni nina o'rnatiluvchi qism tomonida bo'lishi, rezinali tiqin tomoni esa porshen tomonida joylashishi kerak. Porshen bilan rezinali tiqinni harakatga keltirish - nina orqali to'qimada anestetikning harakatini ta'minlaydi.
Hozirgi vaqtda zamonaviy stomatologik klinikalarda aynan ushbu moslamadan foydalaniladi.

Afzalliklari va kamchiliklari .
Karpulli og'riqni bartaraf etish amaliyoti bir qancha afzalliklarga ega:
1) Anestetikning me'yoriy darajada dozalanganligi. Har bir karpula o'zida 1,7 ml anestetik tutganligi hisobiga , og'riq qoldirish amaliyotini boshqarish oson kechadi.
2) Steril bo'lishi. Har bir bemor uchun alohida bir marotabali nina ishlatiladi va har bir karpula yaxshi muhrlanganligi hisobiga , vosita butunlay aseptik hisoblanadi. Bu ayniqsa, ba'zi immuniteti past (immuntanqislik , qandli diabet) bo'lgan bemorlarni davolashda muhim hisoblanadi.
3) Karpulli anesteziya bemorlar tomonidan yaxshi yengib o'tiladi. Karpulli shprits ninasi nisbatan ingichka bo'lib , qo'llanilganda og'riq deyarli sezilmaydi. Bundan tashqari, bu afzalligi shifokor uchun suyak usti pardasi bilan shilliq qavat zich joylashgan soxalarda, tanglay va pastki jag'ning til tarafida qo'llaniladigan infiltratsion anesteziyaning oson olib borilishini va bemor tomonidan ortiqcha og'riqlarsiz, o'zini yaxshi xis qilishini ta'minlaydi.
4) Shifokor uchun qulayligi. Karpulli shprits o'zining kontruktsiyasining qulayligi hisobiga qo'lga oson moslashadi, kerakli soxaga yo'naltirish ham oson kechadi. Nina kuchli egiluvchanlik xususiyatiga ega ekanligi va uni kerakli yo'nalishda qo'llashda "sinib " qolishidan qo'rqmasdan egsa ham bo'ladi.
5) Boshqa anestetik vositani bexosdan adashib yuborib bo'lmaydi. Ba'zi bir hollarda manipulyatsiya jayonida 1 marotabali shprits orqali adashib boshqa anestetik yuborilganligi , yoki yana bir vaziyatda anestetik o'rnida boshqa vositalar(spirt, antiseptik) adashib qo'llanilganligi haqida barchamiz habardormiz. Karpulli anesteziyada bunday holatlar kuzatilmaydi, chunki har bir karpulada anestetik nomi, miqdori va konsentratsiyasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi.
Kamchiliklari :
1) Narxi. Moslama murakkab tuzilganligi va sifatli bo'lishi narxining qimmat bo'lishiga sabab bo'ladi.
2) Anestetikni modifikatsiya qilishning iloji yo'qligi. Eritmaga vazokonstriktor qo'shishni umuman iloji yo'q, chunki ochilgan karpulani qayta ishlatib bo'lmaydi.
- Xirurgik stomatologiyaga oid maqolalar va ma'lumotlar o'zbek va rus tillarida 👇