"Karera kuni"

"Karera kuni"


2021-yil 16-aprel kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining majlislar zalida bitiruvchilarni ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha «Karera kuni» tadbiri o‘tkazildi. «Karera kuni» tadbirida O‘zkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati va «O‘zkimyosanoatloyiha» AJ, «Ammofos-Maksam» AJ, «Maxsam-Chirchiq» AJ, «Birinchi rezinotexnika zavodi», «Dexqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» UK, «Farg‘onaazot» AJ, «Navoiazot» AJ, «O‘zqurilishmateriallari», «Foton» AJ, «Asil oyna» AJ ishlab chiqarish korxonalari va zavodlaridan   mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Fakultetda o‘tkazilgan «Karera kuni» tadbirida jami 176 nafar bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

«Karera kuni» tadbirini institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullaevich va fakultet dekani Safarov Yodgor Toirovich ochib berishdi. Tadbirda O‘zkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati kadrlar bo‘limi boshlig‘i Aripov Voxid Valievich so‘zga chiqib, hozirgi kunda korxonalarda olib borilayotgan islohatlar, yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar va yosh mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari boshqa korxonalarning mas’ul xodimlari ham o‘zlarining faoliyatlarini haqida bitiruvchi talabalarga ma’lumot berdilar. Talabalar korxonalardan tashrif buyurgan mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.

Tadbir davomida mutaxassislik kafedralari tomonidan tayyorlangan bitiruvchi talabalarning anketalari mutaxassislarga tanishish uchun taqdim qilindi. Mutaxassislar talabalar bilan suhbatlashib, suhbatdan o‘tgan bitiruvchi talabalarni mas’ullar ishga taklif etishdi.


Report Page