Karamelli pirojniy 🧁
Kerak boʻladi:
12 dona pirojniy uchun:
Biskvit Viktoria.
Tayyorlanishi: 250 gr yumshoq saryogʻni 250 gr shakar bilan 10 daqiqa koʻpirtiramiz. 4 dona tuxumni bittadan chaqib, yana koʻpirtiramiz. 250 gr un+8 gr razrixlitel solib, yana 2 daqiqa koʻpirtirib, 32/22 qolipga solamiz. Ustiga yongʻoq sepamiz. 190 gradusda 20-25 daqiqa pishiramiz. Sovutib, ustiga krem surtamiz va 1 soatga morozilkaga qoʻyamiz. Ustidan glazur quyib, dasturxonga tortamiz.
Krem muss:
600 gr qaymoq
550 gr qaynatib quyultirilgan sut
150 ml yogʻli sut solib, koʻpirtiramiz. Oldindan boʻktirilgan jelatinni eritib ( 20 gr jelatinga 100 ml muzdek suv solib, 30 daqiqaga qoldiramiz) solamiz va yana koʻpirtiramiz.
Glazur uchun
300 gr sutli shokoladni eritib, 100 ml hidsiz yogʻ va 120 gr maydalangan yongʻoq solamiz.
Yoqimli ishtaha!